|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 98-71-PB“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
37
4-rasm. Bens-1885 y.
Bens va Daymler o‘zlarining ixtirochilik faoliyatlarini birbiridan behabar holda
va turli sharoitlarda boshlaydilar.
Bens iqtidorli mexanik, ya’ni tug‘ma amaliyotchi bo‘lsa, uning vatandoshi
Daymler nafaqat Germaniyada balki Fransiya, Buyuk Britaniya davlatlarida texnika
sohasida nazariy bilimlardan ta’lim olib mashinasozlik sohasida muhandis edi.
Daymler Bensdan mustaqil ravishda o‘zining havo bilan sovitiladigan benzinli
dvigatelini yaratib 1883 yili unga patent oladi. Dastlab Daymler bu dvigatelni maxsus
velosipedga o‘rnatdi. Velosipedning yon tomonlariga esa qulamasligi uchun roliklar
o‘rnatilgan. Shu asnoda Daymler tomonidan 1885 yili dunyoda birinchi mototsikl
yaratildi.
Daymler Beng‘dan farqli ravishda 1886 yilda o‘zining 4 g‘ildirakli avtomobilini
yaratdi.
1889 yili Daymler engil metall kuzovli va velosiped g‘ildiraklariga o‘rnatilgan
motorli aravani yaratdi. Daymler bu modelni 920 ayl/min chastotaga ega bo‘lgan 2
silindrli V simon dvigatel bilan jihozladi. Aynan shu model Karl Bensni Parijda
xalqaro ko‘rgazmada hayratda qoldirgan edi. Daymlerning bu dvigatelini fransuz
«Panar-Levassor» firmasi sotib olib o‘z avtomobillariga qo‘llaydi. 1890 yili Daymler
Germaniyada, uning ishlari bilan qiziqqan xomiylar yordamida «Daymler-motoren-
Gezelshaft» avtomobil ishlab chiqarish hissadorlik jamiyatini tashkil etib «Daymler»
markasi ostida avtomobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.
Fransiya - Prussiya urushi «Daymler» avtomobillarining Fransiya bozoridagi
mavqeiga jiddiy putur etkazadi. Buni bartaraf etish uchun nemis markasi «Daymler»ni
boshqi nom bilan almashtirishiga to‘g‘ri keladi, ya’ni «Daymler» markasi firma savdo
|
| |