“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-26, Issue-2, January - 2023
86
JANUBIY KEMACHI KONIDAGI QUDUQDAN TORTILGAN SUVDA
OQILONA O’ZLASHTIRISH ISHLARINI AMALGA OSHIRISH
Sultonov Asqarbek Davronbek o'g'li
Toshkent davlat texnika universiteti
2- kurs magistratura talabasi
Janubiy kemachi neftgaz-kondensat koni - Buxoro viloyatidagi kon.
Qorovulbozor temir yoʻl stansiyasidan 35 km shimoli-sharqda. 1979-yilda ochilgan,
1993-yilda foydalanishga topshirilgan. Kon relyefi tekislikdan iborat boʻlib, shimoli-
sharqdan janubi-gʻarb
tomonga qiyalangan, yer yuzasi eol qumlari bilan qoplangan.
236–274 m balandlikda joylashgan.
Kon maydoni Chorjoʻy tektonik pogʻonasidagi Ispanlichandir koʻtarilmasining
sharqiy qismidir. Strukturasi Kemachi-Zekri braxiantiklina-liningjan.
qismida
mujassamlashgan, 1970-yil seysmik razvedka ishlari natijasida aniklangan. Oʻlchami
25x 15 km. Keyinchalik qazilgan parametrik quduq ham sanoat miqyosida neft va gaz
borligini tasdiqladi. 1979—1983-yillarda qaeilgan jami 22 quduq yura, boʻr, paleogen
va toʻrtlamchi davr jinslarini ochgan. Karbonat jinsli
kollektorqatlamning umumiy
qalinligi 336–407 m boʻlib, u gorizontlarga ajratilgan.
Sanoat miqyosidagi neft-gazlilik yuqori yura davrining karbonat yotqiziqlari bilan
bogʻliq. 15-R gorizontdan (2186–2308 m chuqurlikda ochilgan) olingan gazning debiti
452—588 ming m’/sutka. Gaz-neft tutash yuza "—2061 m" satxda belgilangan. Uyum
massivli, oʻlchami 11,5x4.1 km, balandligi 130 m. Gʻovak-lilik koeffitsiyenti 0,16;
gazga toʻyinganlik koeffitsiyenti 0,78. Gaz quruq, metan miqdori 78,96—92,23%, azot
kam (5,28%), karbonat kislotali (3,16), kam oltingugurtli (0,03%). Qatlam gazida etan
44 g/m1, propan 15 g/m1, izobutan 3 g/m1, butan 4g/m\ geliy 0,003%’Neft uyumi 15-
NR va 15-R gori-zontlari bilan bogʻliq boʻlib, 2309— 2347 m chuqurlikda ochilgan.
Uyum mas-sivli, oʻlchami 11,5x3,9 km, balandligi 10,0 m. Suvneft tutash yuzasi "—
2071 m" satxda belgilangan. Gʻovaklilik koef-fitsiyenti 0,15, neftga toʻyinganlik —
0,69. Neft zichligi 0,884 g/sm1. Neft bera olishlik koeffitsiyenti — 0,18. Neft oʻrtacha
va ogʻir, oltingu-gurtli, smolali, parafinli, benzin fraksiyasi kam. Neft tarkibida (%da);
oltingugurt — 1,98, asfaltenlar — 1,77, smola — 9,6, parafin —5,75,
benzin
fraksiyalari — 8,56.
Kondensatlar oʻrtacha va ogʻir, zichligi 0,774 g/sm1, oltingugurtli, 300° gacha
90—95% fraksiyalar qaynaydi. Ulardan 75% benzin fraksiyalariga toʻgʻri keladi.
Benzin fraksiyalarning kerosin fraksiyalarga nisbatan ajralishi 2,5 marotaba koʻp.
Kondensatlardagi metan uglevodorodlarining miq-dori 44,4—54,2%.
Barqaror
kondeneatning gazdagi miqdori 43 g/m1.
Yura davri yotqiziqlaridagi qatlam suvlari xlorid-kaltsiy tipli, metamorflashgan
namakoblardan iborat. Suv zichligi 1,07—1,08 g/sm1, mine-rallashganligi 90—100
g/l. Suv tarkibida sanoat miqyosidagi yod (oʻrtacha 54,0 mg/l) va brom (oʻrtacha
400,0 mg/l) uchraydi. Shuningdek, sanoat miqyosida toʻplangan litiy, rubidiy, stronsiy