|
Pedagogs international research
|
bet | 2/4 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 224,2 Kb. | | #127658 |
Bog'liq mustaqil ish Kirish
Mashina ta’limi, kompyuterni huddi insonlar kabi avvalgi tajribalardan hulosa (algoritm moduli yaratib) chiqargan holda masalalarga yechim taklif qilish yoki mustaqil qaror chiqarishga imkon beruvchi Suni’y intellekt ilovalaridan biri hisoblanadi. Mashina ta’limi tushunchasi birinchi marta 1860-yillarda ishlatila boshlangan, 20 yil avval esa u har bir sohada – fanlar aro – ishlatila boshladi. Unda ehtimollar nazariyasi, statistika va boshqalar mavjud. Kompyuterning texnikasi yangilanishi bilan hisoblash tezligi o’sishda davom etmoqda. Yaqin kelajakda bu bizning hayotimizda muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.
Mashina ta’limini o’rganish jarayoni haqida quyidagilarni aytib o’tishimiz mumkin: yetakchi kompaniyalardan biri mashinani o’rganish asosida ular Google Now, Google fotosuratlari va yana boshqalar. Masalan moliyaviy kompaniyalar banklar undan valyuta kursini bashorot qilishda foydalanishlari mumkin, ko’chmas mulk kompaniyalari esa uy narxini va boshqa buyumlarnining sotilish trendi yoki ularga bo’ladigan talablarni oldindan bashorat (прогноз) qilishadi. Biz kompyuterlarga ma’lumotlarni va ma’lumotlarga mos keladigan yorliqlarni taqdim etamiz. Masalan, kompyuterga smartfon bilan oddiy bir televizorni pultini rasmini ko’rsatib qaysi biri smartfon yoki oddiy televizorni pulti ekanligini aniqlash uchun ularni farqlashni o’rganish kerak bo’ladi.
Rasmlarni ko’rsatib kompyuterga bu smartfon yoki pult ekanligini ajratib olishiga ruxsat berganimizdan so’ng ya’ni qaysi rasmlarni bitta yorliq bilan ifodalash mumkinligini bilib olsin. Ya’ni ushbu usul “nazorat ostida o’rganish” deb nomlanadi. Valyutalar kursini va uylar savdosini bashorat (прoгноз) qilishda va barcha ehtimollari nazorat ostida o’qitish yordamida amalga oshiriladi, neyron to’rlari nazorat qilinadigan o’qitishning turlaridan biridir. Kompyuterga har xil yana boshqacharoq smartfon bilan pultni rasmlarini ko’rsatadigan bo’lsak lekin qaysi biri smartfon yoki pult ekanligini oldindan aytmaymiz, endi kompyuter shu ikki xil turdagi rasmlarni o’zi tahlil qilib farqlaydi, bu esa nazoratsiz (unsupervised)
o’rganish deb ataladi, va ma’lumotlarni kuzatish orqali kompyuter ushbu funksiyalarni saqlaydi, shu qoidalar nazoratsiz o’rganiladigan Mashina ta’limi. Ushbu yondashuv nazorat ostida o’qitish (supervised)larning va nazoratsiz o’rganishni birlashtiradi va bu “yarim nazorat ostidagi o’rganish” deb ham nomlanadi. Kompyuterni harakatlarini o’rganish nuqtai nazardan “mustahkamlashni o’rganish” deb nomlangan mashinada o’qitish usullari mavjud.
Masalan: Qo’lyozmadagi raqamlarni tanib olish.
Ushbu misol scikit-learn-dan qo'lda yozilgan raqamlarning tasvirlarini tanib olish uchun qanday ishlatilishini ko'rsatadi.
(Algoritm 1) ning 8 va 9 qatorlarida raqamlarni aniqlab olish uchun Sklearn ning
datasets, svm va metrics lari import qilib olinmoqda
|
| |