|
I BOB Permanganatometriya metodi
|
bet | 3/13 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 240,5 Kb. | | #240166 |
Bog'liq kmno4I BOB Permanganatometriya metodi
1.1. Analitik kimyo fani va uning xalq xo’jaligidagi ahamiyati.
Analitik kimyo fani moddalar va ularning aralashmalarining sifat va miqdoriy tarkibini tekshirish metodlari haqidagi fandir.
Analitik kimyoning vazifasi analiz usullarini ishlab chiqish, ularni amalda qo’llash hamda analitik kimyo metodlarining nazariy asoslarini keng miqyosda o’rganishdan iborat.Analitik kimyo muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Deyarli barcha kimyo qonunlari analitik kimyo metodlari yordamida topiladi. Turli moddalar, ma’danlar, minerallar, oy tuprog’i, uzoq sayyora va boshqa osmoniy jismlarning tarkiblari analitik kimyo metodlari orqali aniqlanadi. Xozirgi zamonning biror bir kimyoviy izlanishini, hoh u yangi modda olish bo’lsin yoki yangi texnologik tizim ishlab chiqilmasin, ishlab chiqarishni jadallashtirish yoki mahsulot sifatini oshirish bo’lmasin,baribir ularni analitik kimyo metodlarisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Analitik kimyo analizdagi maqsad va uni hal qilish metodlariga qarab ikkita katta qismga bo’linadi: Sifat va Miqdor analizi.
Sifat analizda tekshirilayotgan modda tarkibidagi ayrim elementlarni bor yo’qligi aniqlanadi.
Miqdor analizida tekshirilayotgan modda tarkibidagi ayrim tarkibiy qismning miqdori aniqlanadi. Xozirgi davrda analitik kimyo tekshirishda ko’p sonli va turli-tuman metodlardan foydalanmoqda. Bu metodlarni 3 guruxga bo’lish mumkin: Kimyoviy, Fizikaviy va Fizik-kimyoviy. Kimyoviy metodlar kimyoviy o’zgarishlarga asoslangan bo’lib bu o’zgarishlar eritmalarda boradi va cho’kmalar,rangli birikmalar va gazsimon moddalar xosil bo’lishiga sababchi bo’ladi. Fizikaviy va fizik-kimyoviy metodlar ba’zan instrumental metodlar deb ham ataladi. Bu metodda moddaning biror xossasini ifodalaydigan muayyan parametrlar qiymatini aniq o’lchashga imkon beradigan asbob-uskunalardan foydalaniladi. Fizik va fizik-kimyoviy metodlarning bir qator afzalliklariga qaramasdan analitik kimyo fani asosini tashkil qiluvchi kimyoviy metodlar texnik va qishloq xo’jalik analizlarida ko’proq amaliy ahamiyatga ega.
|
| |