• PIRLS
  • IRLS tadqiqotlari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan: - ta‟lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi obyektiv o„lchovlar va vositalarni ishlab chiqish;
  • Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar




    Download 442,41 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana10.01.2024
    Hajmi442,41 Kb.
    #133874
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    pirls-tadqiqoti-uchun-topshiriqlar-tayyorlash-va-ular-ustida-ishlash-texnologiyasi

    Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar 
    Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions 
    Кластер педагогического образования: проблемы и решения 
    Chirchik, Uzbekistan 1457 International Conference 
    oʻquvchilar PIRLS, 4- va 8-sinf o„quvchilari TIMSS xalqaro tadqiqotlarida 
    ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilandi 
    [1.1]. 
    PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study – Xalqaro o„qish 
    savodxonligini o„rganishdagi yuksalish) – bu turli mamlakatlarda boshlang„ich 
    sinfda tahsil oluvchi o„quvchilarning matnni o„qish va tushunish darajalari sifatini 
    baholab beruvchi xalqaro dasturdir. Ushbu dastur har 5 yilda bir marta o„tkazishga 
    mo„ljallangan[2.3]. 
    PIRLS tadqiqotlariga 4-sinf o„quvchilarining tanlanishi shu bilan
    e‟tiborliki, aynan o„qishning to„rtinchi yilida o„quvchilar o„qishning yuqori
    darajasiga ega bo„lishi, ularning keyingi ta‟limda bilimni egallash qobiliyatini
    shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga 
    yordam beradi. Ko„pchilik davlatlarda bolalar 6 yoshdan maktabda o„qishni 
    boshlashadi. Ammo Angliya va Yangi Zelandiyada ta‟lim 5 yoshdan boshlanadi. 
    Shuning uchun, loyihada o„quvchilar 4-sinfdan emas 5-sinfdan ishtirok 
    etishadi. O„quvchilarning yoshi 10,5 yoshni tashkil etadi. Sharq
    mamlakatlarida bolalar 7 yoshdan o„qishni boshlagani uchun 10,7-10,9
    yoshdagi o„quvchilar ishtirok etishadi.
    PIRLS tadqiqotlari Xalqaro ta‟lim institutlari assotsiatsiyasi (IEA) 
    tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS loyihasi boshlang„ich sinf o„quvchilarining 
    o„qish qobiliyatini rivojlantirish darajasini aniqlash bo„yicha xalqaro tadqiqotlar 
    orasida yetakchi hisoblanib kelinmoqda[2.4]. 
    PIRLS tadqiqotlari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan: 
    - ta‟lim sohasidagi dunyo ustuvorliklarini aks ettiruvchi obyektiv o„lchovlar 
    va vositalarni ishlab chiqish; 
    - mamlakat o„quv jarayonini tashkil etish samaradorligini qiyosiy baholash; 
    - tadqiqot natijalariga ta‟sir ko„rsatgan kontekstual omillarni aniqlash; 
    - xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olingan dalillarga asoslangan 
    ma‟lumotlarga ega bo„lish. 
    O„qish savodxonligining asosi matnlar bilan to„liq ishlash uchun zarur 
    bo„lgan o„qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o„quvchi tomonidan kerakli 
    ma‟lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma‟lum qismi bo„yicha xulosalar 
    chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn 
    tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. 
    Tadqiqotning har bir ishtirokchisiga matnlar va ular yuzasidan topshiriqlar 
    berilgan daftar beriladi. Har bir matnga 12-15 ta savol-topshiriqlar ilova qilinadi. 



    Download 442,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 442,41 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar

    Download 442,41 Kb.
    Pdf ko'rish