|
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlarBog'liq pirls-tadqiqoti-uchun-topshiriqlar-tayyorlash-va-ular-ustida-ishlash-texnologiyasiPedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions
Кластер педагогического образования: проблемы и решения
Chirchik, Uzbekistan 1458 International Conference
Quyida PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash va ular ustida ishlash
yuzasidan uslubiy tavsiyalar berish maqsadida 2-sinf o„qish kitobidan Shorasul
Zunnunning “Nima eksang, shuni o„rasan” hikoyasi uchun topshiriqlar tayyorlash
va bu topshiriqlarning maqsad va vazifalari, ular ustida ishlash texnologiyasini
ko„rib chiqamiz. Shuningdek, topshiriqlarning namunaviy javoblari ham
keltirilmoqda.
PIRLS tadqiqoti biz uchun innavatsion dastur bo„lganligi sababli, avvalo
maktab darsliklaridagi matnlar bilan ishlash maqsadga muvofiq deb topdik.
“Nima eksang, shuni o„rasan” Shorasul Zunnun. [3. 93-94].
Bir yigit ko„zlari xiralashgan qari otasini hurmat qilmasdi. Bir kuni chol
bechora qo„li titrab, osh suzib berilgan kosani tushirib sindirdi. Buni ko„rgan kelini
nordon so„zlar aytib, ko„nglini vayron qildi. Shundan keyin yigit otasini hovlining
bir chekkasidagi zax uyga ko„chirdi. Kelin esa eri bergan yog„och kosada
qaynotasiga ovqat bera boshladi. Bu kabi muomaladan otaning ko„ngli ozor topib,
o„ksinib yig„lardi. Besh yoshli nevarasi bilangina tasalli topar edi. Bola uning
yoniga kelib o„tirar, ma‟sumona so„zlari bilan kuldirib, qayg„u-alamlarini
yengillatardi. Bola bir kuni qo„liga pichoq olib, yog„ochni yo„nib o„tirardi. Shu
paytda dadasi kelib qoldi. O„g„lini ko„rib: «O„g„lim, nima qilyapsan?» – deb
so„radi. O„g„li yugurib kelib, dadasini quchoqlab oldi:
– Dadajon, siz buvamga yog„och kosa keltirib bergan edingiz-ku, oyim
o„sha kosada buvamga ovqat beradilar. Men ham yog„och kosa yasayapman, katta
bo„lganimda oyim bilan sizga shu kosada ovqat beraman.
O„g„lining bu so„zi yigitga qattiq ta‟sir qildi. U ko„z yoshi qilib, otasining
huzuriga kirdi, tiz cho„kib uzr so„radi. Darrov uni issiq xonaga ko„chirdi. Kelin
ham qaynotasini hurmat qila boshladi. Ularning bu ishlaridan ota xursand bo„ldi.
|
| |