to’ldiruvchilarni keng assortimentini ishlab chiqarish sanoati
hozirda
mavjud.
Metal tolalarning afzallik tomoni shundaki, ular yuqori elektr
o’tkazuvchanlikka ega tolaning diametri va uzunligi bo’ylab bir jinsli,
ko’ndalang kesimi shaklini va o’lchamlarini qat'iy nazorat
qilish
mumkin (u juda murakkab berilishi mumkin). Metall tolalarning
kamchiligi esa, ular zichligini yuqoriligi va narxining balandligi. Metall
tolalar xossalari dastlabki material va tayyorlash texnologiyasi bilan
aniqlanadi.
Tola shakli, kesimining bir jinsliligi, sirtning notekisligi
va uning
tarkibi tola ishlab chiqarish texnologiyasi bilan aniqlanadi. Ularning
kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalari amalda dastlabki material
xossalaridan deyarli farq qilmaydi.
Tolani ishlab chiqarishda tolasimon qilib tortish jarayonidan
tashqari, hozirgi kunda ko’plab yangi usullar qo’llaniladi.
Galvanik usulda metallarni
yotqizish, yoki taglikka bug’ fazasidan
metallarni purkash, noorganik birikmalarni ajratish, shakl berish va
suspenziyalash kabi usullar qo’llanadi.
Odatiy to’qimachilikdagi qayta ishlov usuli
yordamida metall
tolalardan jgutlar, to’qimalar, iplar, noto’qima materiallar va to ’qilgan
va eshilgan mahsulotlar olinadi.