• Interaktivlik
  • Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi




    Download 136,77 Kb.
    bet2/3
    Sana04.12.2023
    Hajmi136,77 Kb.
    #111105
    1   2   3
    Bog'liq
    HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING KONSEPTUAL G’OYALARI

    Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi — o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o’rganishdir. Hamkorlikda o’qitish har bir o’quvchini kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o’rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir o’quvchida shaxsiy qadr qimmat tuyg’usini vujudga keltirish, o’z kuchi va qobiliyatiga bolgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda ma’suliyat hissini shakllantirishni ko’zda tutadi.
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir o’quvchining tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o’zlashtirishga, o’rtoqlariga hamkor bo’lib, o’zaro yordam berishga zamin tayyorlaydi.
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
    1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da o’quvchilar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga etiborni qaratadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning takidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar tom manodagi hamkorlik, har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga intiladi.
    2. Kichik guruhlarda hamkorlikda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a`zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
    Pedagogika — psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud.
    Ular quyidagilardan iboratdir:

    • faoliyatga kirish;

    • mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;

    • o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;

    • taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi ana shu namuna asosida harakat qiladi);

    • madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);

    • o’zini — o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni korsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);

    • o’zini — o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;

    • o’zini — o’zi uyushtiruvchi harakatlar.

    Interaktivlik — o’qituvchi va o’quvchining o’zaro tasiri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida ozaro tasir otkazish harakatini baholashdan o’z-o’zini baholash darajasiga kotarilishi sodir boladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi.

    Download 136,77 Kb.
    1   2   3




    Download 136,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi

    Download 136,77 Kb.