• Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari
  • Hamkorlikda o’qishning asosiy g’oyasi




    Download 136,77 Kb.
    bet3/3
    Sana04.12.2023
    Hajmi136,77 Kb.
    #111105
    1   2   3
    Bog'liq
    HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING KONSEPTUAL G’OYALARI

    Hamkorlikda o’qishning asosiy g’oyasi — bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o’qishdir!
    Guruh bo’lib ishlashning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan shaklanadi:

    • Bilim olish boyicha vazifani (muammoli vaziyatni) qo’yish;

    • Maqsadlariga muvofiq bolgan guruhlarga bolish;

    • Didaktik materialni tarqatish;

    • Guruhdagi ishni rejalashtirish;

    • Topshiriqni individual ravishda bajarish, natijalarni muhokama qilish;

    • Guruhning umumiy vazifasini muhokama qilish (e'tirozlar, qo’shimchalar, aniqlashtirishlar);

    • Guruh ishining natijalari tog’risida xabar berish;

    • Guruhlar ishlari va qo’yilgan vazifaga erishish togrisida umumiy xulosa chiqarish. 

    Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari pedagogik jarayonni takomillashtirish va uni o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan. Bu texnologiyalar ijodkor shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan ijodiy muhitni yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
    Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarining asosiy jarayonlari:
     Hamkorlikda fikr almashish;
     Suhbat;
     Tahlil;
     Munozara;
     Muzokara;
     Amaliy vazifalar bajarish;
     Biror narsani qurish (yasash);
     Masalalar yechish.
    Hamkorlikda o‘qitish mashg‘ulotlarini tashkil qilishda: o‘qituvchi-sinf, o‘qituvchi-kichik guruh, o‘qituvchi-katta guruh, o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchio‘quvchi (juftlikda ishlash), kichik guruhkichik guruh, kichik guruh-sinf va boshqa tashkiliy shakllar qo‘llaniladi.
    Hamkorlikda o’qitish – bu o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar guruhi, yakka o‘quvchi hamda butun sinf bilan o‘zaro samarali hamkorlikni tashkil qilishi bilan birgalikda, o‘quvchilarning ham o‘zaro qo‘llab-quvvatlovchi hamkorligini amalga oshirishdagi interfaol jarayonlarni ifodalovchi ommalashgan iboratdir.
    Hamkorlikda o‘qitish quyidagi natijalarga erishish imkonini beradi:
     O‘quvchilarning o‘rganish jarayonini boyitadi;
     O‘quvchilarga ular o‘rtasida taqsim qilinib, o‘zlashtirilgan kognitiv axborotlar to‘plamini beradi;
     O‘quvchilarda materialni o‘rganishga ishtiyoq uyg‘otadi;
     O‘quvchilarning o‘z shaxsiy bilim va dunyoqarashlarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi;
     Axborotlarni ikki tomonlama almashish samaradorligini oshiradi;
     O‘quvchilarga mustaqil hayotga tayyorlanishlari uchun zarur bilimlarni beradi;
     Turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar o‘rtasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni oldinga suradi
    Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos pedagogik, psixologik va uslubiy asoslari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular quyidagilar:
     tashkiliy-pedagogik asoslari – o‘quv reja, dastur, dars mavzusi, DTS talablari va ularga muvofiq darajada o‘zlashtirilishi talab qilinadigan yangi bilim hajmi asosida o‘quv mashg‘uloti ishtirokchilarining hamkorlikda ishlashlari uchun shart-sharoit, imkoniyatlarni belgilash va amalga oshirish;
     psixologik asoslari – o‘quvchilarning psixologik va yosh xususiyatlarini hisobga olish, mashg‘ulotda har bir o‘quvchi uchun qulay psixologik muhit yaratish, erkin muloqotni sifatli uyushtirishda dars mavzusi, mazmuni, qo‘llanilayotgan tushunchalar, atamalar, ta’riflar, formulalar va boshqa shartlarning o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishini ta’minlash;
     uslubiy asoslari – mashg‘ulot uchun zarur vositalarni oldindan ishga tayyorlash, ularning talablar darajasida sifatli bo‘lishini ta’minlash. Muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish va boshqalar.
    Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish.

    Hamkorlikda o‘qitish metodlari quyidagi beshta xususiyatga ega:


    1. O‘quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki o‘rganilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, guruhiy ish natijasida mavzu (material) yaxshi o‘zlashtiriladi.
    2. O‘quvchilar 2-3 kishilik kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.
    3. O‘quvchilar umumiy vazifalarning yechimini topishga erishish yoki o‘rganish faoliyatini amalga oshirish uchun guruh tomonidan ishlab chiqilgan hamda ijtimoiy qabul qilingan xulq-atvor mezonlariga rioya qilishadi.
    4. O’quvchilar mustaqil bo’lishadi. Umumiy vazifalarning yechimni topishgaerishadilar. O‘qituvchi o‘rganish faoliyati bo’yicha ishlarni tashkil etadi, tayyorlaydi, ularni talab darajasida sifatli amalga oshirilishni ta’minlaydi, muloqot usullari hamda zamonaviy axborot texnologiyalardan samarali foydalanishni tashkil qiladi. Mashg’ulot va topshiriqlar o’quvchilarning bir-birlariga ko‘maklashishlarni talab etadigan holda tuziladi.
    5. O‘quvchilarning ta’lim olish jarayonidagi mas’uliyati oshadi. Hamkorlikda o‘qitish nimadan boshlanadi?
    guruhda har bir sherik bilan birgalikda harakat qilish;
    ● berilgan topshiriqlarga jiddiy qarab, faol ishlash;
    ● sheriklar bilan muloyim va samimiy muloqotda bo‘lish;
    ● butun guruh, jumladan sherik yutuqlarini o‘z yutug‘i singari qabul qilish va birgalikda quvonish.
    Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasiga asoslangan mashg‘ulotlarda bir qancha metodlardan foydalanish mumkin.
    Download 136,77 Kb.
    1   2   3




    Download 136,77 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hamkorlikda o’qishning asosiy g’oyasi

    Download 136,77 Kb.