|
International scientific-practicalBog'liq zamonaviy-ta-lim-metodlari-ta-lim-samaradorligi-kafolatiInternational scientific-practical
conference on the topic of “Problems
and perspectives of modern technology
in teaching foreign languages”
VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20
ISSN 2181-1784
SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7
186
w
www.oriens.uz
February
2022
olgan ta’lim oluvchi o‘z javobini “Javoblar varaqasi”ning biriga yozib, konvert ichiga
solib qo‘yadi va yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo‘ylab
harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig‘ib olinib, tahlil qilinadi.
Quyida “Davra suhbati” metodining tuzilmasi keltirilgan.
“Davra suhbati” metodining tuzilmasi
“Davra suhbati” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1. Mashg‘ulot mavzusi e’lon qilinadi.
2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi bilan
tanishtiradi.
3. Har bir ta’lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda
necha ta’lim oluvchi bo‘lsa, shunchadan “Javoblar varaqalari”ni tarqatilib, har bir
javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo‘yiladi. Ta’lim oluvchi konvertga va
“Javoblar varaqalari”ga o‘z ismi-sharifini yozadi.
4. Ta’lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo‘yicha o‘z savolini yozadi va
“Javoblar varaqasi”ga o‘z javobini yozib, konvert ichiga solib qo‘yadi.
5. Konvertga savol yozgan ta’lim oluvchi konvertni soat yo‘nalishi bo‘yicha
yonidagi ta’lim oluvchiga uzatadi. Suhbatni o‘tkazish shartlari bilan tanishtirish:
Konvertlar va “Javoblar varaqalari”ni tarqatish; Konvertlarga savollar yozish;
Savollarga javob yozish; Baholash va tahlil qilish. Konvertni yonidagi o‘quvchiga
uzatishlarga savollar yozish.
6. Konvertni olgan ta’lim oluvchi konvert ustidagi savolga “Javoblar
varaqalari”dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo‘yadi hamda yonidagi
ta’lim oluvchiga uzatadi.
7. Konvert davra stoli bo‘ylab aylanib, yana savol yozgan ta’lim oluvchining
o‘ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta’lim oluvchi konvertdagi “Javoblar varaqalari”ni
baholaydi.
8. Barcha konvertlar yig‘ib olinadi va tahlil qilinadi.
XULOSA
Ushbu metod orqali ta’lim oluvchilar berilgan mavzu bo‘yicha o‘zlarining
bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta’lim
oluvchilarni muayyan mavzu bo‘yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta’lim
oluvchilar o‘zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta’lim oluvchilar bergan
javoblarini baholashlari va ta’lim beruvchi ham ta’lim oluvchilarni ob’yektiv
baholashi mumkin.
|
| |