• February 2022
  • MUHOKAMA VA NATIJALAR
  • International scientific-practical




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana22.11.2023
    Hajmi0,5 Mb.
    #103594
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    zamonaviy-ta-lim-metodlari-ta-lim-samaradorligi-kafolati

    International scientific-practical 
    conference on the topic of “Problems 
    and perspectives of modern technology 
    in teaching foreign languages” 
     
    VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 20 
    ISSN 2181-1784 
    SJIF 2022: 5.947 | ASI Factor = 1.7 
    182 
    w
    www.oriens.uz
    February 
    2022
     
    nuqtai nazaridan ham o‘qituvchining kasbiy kompetentlik darajasi davr talabiga mos 
    kelishi muammo yechimini ijobiy hal etilishini ta’minlashi shubhasiz. 
    Ana shu maqsadda o‘qituvchilar tomonidan ta’lim jarayonida o‘qitishning 
    zamonaviy metodlarini keng qo‘llash zarurati mavjuddir. O‘qitishning zamonaviy 
    metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. 
    Ta’lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib 
    tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, 
    unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan 
    boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. 
    Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan 
    ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil 
    rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning 
    mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara
    muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni 
    qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab 
    etiladi.
    MUHOKAMA VA NATIJALAR 
    Zamonaviy tilda bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham 
    atashadi. Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va 
    mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan 
    metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini 
    faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi esa butun jarayon davomida faol 
    ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari 
    quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
    - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
    - ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; 
    - ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
    - o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
    - ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; 
    - amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
    - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi [Muslimov N.A., 
    Usmonboyeva M.H. 2015: 81] 



    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,5 Mb.
    Pdf ko'rish