Professor Hakimov M.H.
3- Mavzu. OB’YEKTLAR VA ATRIBUTLAR
REJA:
1. Tayanch iboralar.
2. Ob’yektlar va atributlar
.
3. Axborotning uch sohasi
4. Ikki o‘lchovli fayllar
Tayanch iboralar:
obyektlar, berilganlarga ishlov, obyektlar termasi, atribut
(xususiyat), axborotning uch sohasi, yozuv, ikki o‘lchovli fayl, ikki o‘lchovli massiv,
identifikator, kalit, birlamchi kalit, birlashgan kalit, (murakkab kalit, tarkibli kalit),
muqobil kalit, so‘rov, oddiy so‘rov, murakkab so‘rov.
Ob’yektlar va atributlar
Elementlari to‘g‘risidagi axborotlari saqlanuvchilar
obyektlar deb ataladi [84].
Obyektlar haqiqiy (masalan, inson, mahsulot yoki yashash hududi) va abstrakt (masalan,
hodisa,
fan nomi, topshiriq raqami yoki tashkilotning hisob raqami) bo‘lishi mumkin.
Masalan, ta’lim sohasida maktab, litsey, kollej, bakalavriat,
magistratura obyektlar
bo‘ladi. Lekin shu obyektlarga tegishli insonlarning har birini alohida obyekt sifatida
e’tirof etish mumkin.
Obyekt turli xossalarga ega bo‘ladi (masalan, ism, rang yoki vaqt o‘lchovi) va ularni
jumladan, kompyuterlar orqali turli qurilmalarida saqlash imkoniyati mavjud. Ana shu
xossalarning har bir elementi
berilganlardan iborat. Berilganlarga
ishlov deganda
, ular
ustida bajariladigan
izlash, qo‘shish, olib tashlash, o‘zgartirish algoritmlarini amalga
oshiruvchi funksiyalar faoliyatining natijasini tushunamiz. Berilganlarga ishlov ko‘pin-
cha, bir xildagi xossa (xususiyat)ga ega bo‘lgan obyektlarning to‘plami bilan ishlanadi.
Masalan, talabalarni olaylik, ularning har biri to‘g‘risidagi bir
xil xususiyatli berilgan-
largina saqlanadi. Bir xildagi xususiyatga ega bo‘lgan obyektlarni,
obyektlar termasi deb
ataymiz. Biz yuqorida keltirgan tushunchalarimiz haqiqiy dunyoga tegishli. Biz har bir
obyektlar xususidagi ma’lumotlarni yozuvlar tarzida ifodalaymiz. Yozuvlar esa
obyektlarning xususiyatlari (atributlari) va ularning qiymatlari bilan bog‘langan. Biz
bundan keyin,
atribut atamasining mazmuni
xususiyat bo‘lgani va u butun jahon bo‘yicha
sohaga tegishli ilmiy va amaliy adabiyotlarda qabul qilingan atama bo‘lgani uchun, shu
atribut atamasida to‘xtaymiz. Masalan, «Talaba» obyektining atributlari familiyasi, ismi,
otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, fakulteti, yo‘nalishi va boshqalardan iborat bo‘lishi
mumkin.