• Professor Hakimov M.H.
  • Professor Hakimov M. H. 3- mavzu. Ob’yektlar va atributlar reja: Tayanch iboralar




    Download 339.6 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/3
    Sana03.02.2024
    Hajmi339.6 Kb.
    #150854
    1   2   3
    Bog'liq
    5-Mavzu. OB’YEKTLAR VA ATRIBUTLAR
    6. Grafika, 7. Animatsiyalar, 7. Animatsiya yaratish, 5. Mant Fayli
    Professor Hakimov M.H. 
     
    Axborotning uch sohasi 
     
    Axborot tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan uchta soha mavjud va undagi o‘zaro 
    bog‘lanishlar 2.1-rasmda keltirilgan [84]. Birinchisi, bu haqiqiy dunyo bo‘lib, unda 
    haqiqatan ham obyektlar mavjud va ularning har biri o‘z xossalariga ega. Ikkinchi soha, 
    bu axborotlar sohasi bo‘lib, u programmachi va boshqalarning tasavvurida obyektlarning 
    atributlari hamda ularning qiymatlari bilan bog‘langan. Uchinchisi esa, berilganlar 
    elementlari va ularni ifodalashdagi belgilar, satrlar yoki axborot elementlarini 
    kodlashdagi bitlardan iborat. Uchinchi sohani yanada chuqurlashtirib, berilganlarning 
    amaliy programmachi tasavvuridagi taqdimoti, BB administratorining tasavvuridagi 
    umumiy mantiqiy tuzilish va berilganlarning fizik taqdimiga ajratish mumkin. 
    2.1-rasm. 
     
    Berilganlar elementining har biri o‘z qiymatiga ega bo‘lishi kerak va u atributni ifo-
    dalaydi, atribut esa obyektni identifikatsiyalaydi. Biz masalan, qizil, ko‘k va binafsha 
    kabi berilganlarning qiymatlarini saqlashimiz mumkin, lekin bu qiymatlar boshqa 
    atributlar orqaligina bog‘lanib biror mazmunga ega bo‘lishi mumkin.
    Faraz qilaylik, «Talaba» obyektining atributlari faqatgina familiya, ism, otasining 
    ismi, tug‘ilgan sanasi, fakulteti, yo‘nalishi va kursdan iborat bo‘lsin va shu atributlarga 
    tegishli qiymatlar majmuasini yozuv deb qabul qilamiz. Demak, N ta talaba xususidagi 
    berilganlar N ta yozuvdan iborat va har bir yozuv zaruriy ma’lumotni beruvchi k ta 
    berilganlar elementidan iborat. Quyida, berilgan bitta obyektni, ya’ni talabani «Talaba» 
    obyektidan izlash misolida, berilganlar orasidagi bog‘liqliklarni ko‘ramiz.


    Professor Hakimov M.H. 
    Familiyaning o‘zi yakka holda aniq bir talaba xususidagi hech qanday ma’lumotni 
    bermaydi, chunki bir xildagi familiyali talabalar ko‘p bo‘lishi mumkin. Endi uni ism bilan 
    birgalikda qaraylik. Fakultetda bir xildagi familiya va ismga ega bo‘lganlar ham bir 
    nechta talaba bo‘lishi mumkin. Agarda qaralayotgan juftlikka, endi otasining ismi qo‘-
    shilsa, bu aniq bitta talaba bo‘lishi mumkin. Lekin, biz izlayotgan talaba bo‘lmasligi ham 
    mumkin, chunki aynan xuddi shunday familiya, ism va otasining ismiga ega bo‘lgan 
    kamida yana bitta talaba bo‘lishi mumkin, hattoki ikkalasi bitta kurs va guruhda o‘qishi 
    mumkin. Atributlardagi berilganlar orasidagi bunday bog‘lanish juda ham kam uch-
    raydigan, lekin bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat. Atributlarning bunday bog‘lanishi ancha 
    mazmundor bo‘ldi, lekin ikkita yozuv bir xildagi qiymatlarga ega bo‘ldi. Demak, biz, 
    izlagan talabamiz qaysi biri ekanligini hali aniqlay olmadik. Buning uchun mazmunni 
    yanada boyitishimiz, ya’ni talaba xususida yana boshqa berilganlar bilan obyekt xususi-
    dagi ma’lumotlarni boyitishimiz va aniq mazmunga ega bo‘lishimiz mumkin.
    Aniq bir kortej elementlari to‘liq va aniq mazmunga ega bo‘lishi uchun, undagi atri-
    butlar sonini zaruriy atributlar bilan to‘ldirish kerak, ya’ni obyekt xususidagi berilganlar 
    qanchalik yetarli va aniq bo‘lsagina, berilganlar bazasidagi berilganlar asosida to‘g‘ri 
    qaror chiqarish mumkin. Chunki, berilganlar bazasidan axborot tizimlarida 
    foydalanishning asosiy maqsadi berilganlarni ishlovi natijasida to‘g‘ri qaror qabul 
    qilishdan iborat. Bu esa berilganlarning ahamiyati qanchalik muhim va har birining o‘z 
    o‘rni borligidan darak beradi hamda atribut va berilganlar orasidagi bog‘lanishlarning 
    naqadar ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.

    Download 339.6 Kb.
    1   2   3




    Download 339.6 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Professor Hakimov M. H. 3- mavzu. Ob’yektlar va atributlar reja: Tayanch iboralar

    Download 339.6 Kb.
    Pdf ko'rish