|
Программное обеспечение (ПО)
|
bet | 16/21 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 4,73 Mb. | | #150283 |
Bog'liq 9-mavzu Oracle korporatsiytasining Java dasturlash tili veb sohasida uzoq vaqtdan beri foydalanib kelinayotgan, barqaror va kuchli tillardan biri. Javani veb yoki veb bo’lmagan “application”larning asosida, barcha platformalar, operatsion tizimlar va qurilmalarda topish mumkin. U chuqur darajada klasslarga asoslanga (class-based), obyektga yo’naltirilgan (object-oriented) dasturlash tili bo’lib, imkoni boricha oson ko’chirib yurishga va ko’plab platformalarda ishlashga moslashtirilgan. Shu sababli u dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri. Ko’pchilik kurslar C va C++ dan boshlanadi, chunki Java ko’p sintaksislarni ana o’sha oldingi tillardan oladi. Java sizni dasturchilardek o’ylashga undaydi – mantiqiy va tahliliy fikrlash, kompyuter axborotni qanday qilib qayta ishlashini yaxshi tushunishga o’rgatadi. U boshqa tillar va texnologiyalarga o’tganingizda ham sizga yordan beradigan asosiy konsepsiyalarning fundamental to’plami hisoblanadi. Ruby dasturlash tili Ruby dinamik, ochiq kodli (open-sorce), obyektga yo’naltirilgan dasturlash tili bo’lib, 90-yillarda kompyuter olimi Yukihiro Matsumoto tomonidan ishlab chiqilgan eng yosh tillardan biri hisoblanadi. Bu tilda o’qish va yozish uchun sodda sintaksisdan foydalanilgan, juda ko’p buyruqlarni o’rganib chiqish shart emas. Shuning hisobiga, bu tilni o’rganish nisbatan oson. Tilning o’zi obyektga yo’naltirilgan bo’lsada, protsedurali, funksional va imperativ dasturlashni ta’minlashligi bu tilni juda ham tez moslashuvchi tillardan qiladi. Ruby nisbatan oson o’zlashtirilishi bilan dong taratgan, chamasi 20 minutlik foydalanuvchi uchun yo’riqnomadan (bu tilning rasmiy veb saytidan topishingiz mumkin) ba’zi asoslarini juda qisqa muddat ichida tanishib chiqishingiz mumkin. Perl va Pythonning ba’zi o’xshashliklari mavjud. Bu tilga ovoz berganlar uni tushunish va o’rganish, kerak bo’lganda o’qish osonligini va bu tilning muvaffaqiyatiga sabab bo’lgan yirik, faol hamda jo’shqin dasturchilar jamiyatiga egaligini maqtashadi.
|
| |