|
Prospects for improving the quality of modern continuing educationFederativ davlat
(lotincha «foederare» so`zidan olinib, «ittifoq bilan mustahkamlash»
ma’nosini anglatadi) murakkab davlat demakdir. Federativ davlat – teng huquqli respublikalar,
shtatlar, kontonlar va boshqa davlat tuzilmalarining ixtiyoriy birlashuvi asosida tashkil topadi.
Federativ tuzilishga ega bo`lgan davlat – bu mustaqil bo`lgan bir necha davlat tuzilmalarining
ixtiyoriy asosda birlashgan yagona ittifoqi. Federativ davlatning milliy, hududiy (АQSh,
Meksika, Hindiston) va milliy-hududiy (Rossiya Federatsiyasi) shakllari mavjud.
Hududiy federatsiya
mamlakatni hududiy belgisi bo`yicha taqsimlash prinsipiga asoslangan. Bu
qoidaga ko`ra, hududi juda katta bo`lgan davlatlarda, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida
federatsiya tuziladi. Federatsiyaning ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren
bo`lmaydi. Subyektlar xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya
bilan mahrum etilgan bo`lib, ularning ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan. Qurolli
kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy federatsiyalarga misol
bo`ladi.
Milliy federatsiyalarda
subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi asosida tuziladi.
Qoidaga ko‘ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo`lib hisoblanadi. Milliy federatsiyanng
asosiy xususiyati ko`ra, federatsiya subyektlari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaaridan
iborat bo`lib, ular asosan subyektlarning ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va
kichik millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya subyektlarining
vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan barcha millatlar o`z taqdirini o`zi
belgilash huquqiga ega bo‘ladilar. Sobiq Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va
Chernogoriyaning ittifoqi edi), Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib
ketgan) ittifoqlari milliy federatsiyalarga misol bo‘ladi oladi.
Milliy-hududiy federatsiyalar
federatsiyalarning alohida turi hisoblanib, ittifoqni shakllantirish
asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliy-hududiy federatsiyalarga: Rossiya
Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi millatlar, xususan, subyektda ko`pchilikni tashkil
etmaydigan millatlar asosida tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57
subyekt – hududiy tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o`tmishda nemis millatiga yaqin
bo`lgan aholidan iborat 16 hududiy tuzilma – yerlardan iborat).
Federativ davlatning umumiy belgilari:
federatsiya hududi uning alohida subʼektlari (shtatlar, kantonlar, respublikalar, o`lkalar va
boshqalar) hududlaridan tashkil topgan bo`ladi;
|
| |