• Konfederatsiya
  • Journal of Advanced Research and Stability




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/5
    Sana01.07.2024
    Hajmi0,71 Mb.
    #266281
    1   2   3   4   5
    Journal of Advanced Research and Stability 
    ISSN: 2181-2608 

    www.sciencebox.uz/ 
    50
    “Prospects for improving the quality of modern continuing education”
     
    Special Issue | 2022

     

    davlat hokimiyati organlari – oliy qonun chiqaruvi, ijro etuvchi va sud hokimiyati federatsiya 
    va subʼektlar miqyosida ikki pog`onali bo`ladi; 

    federatsiya va uning subʼektlari vakolatlari konstitutsiyasida, ittifoq shartnomasi yoki o`zaro 
    vakolatlarni chegaralash to`g`risidagi ikki tomonlama shartnomalarda belgilab qo`yilgan 
    bo`ladi; 

    federatsiya subʼektlari o`zlarining konstitutsiyalari va qonunchilik tizimiga, oliy qonunchilik, 
    ijro, sud hokimiyatlari tizimiga ega boʼladi; 

    federativ davlatda ittifoq fuqaroligi bilan bir qatorda subʼektlarning ham fuqaroligi bo`lishi 
    mumkin; 

    federativ davlat parlamenti asosan ikki palatali boʼlib, yuqori palata asosan federatsiya 
    subʼektlarining manfaatlarini ifodalaydi, himoya qiladi; 

    tashqi siyosat, qurolli kuchlarga yagona qo`mondonlik, mudofaa, moliya, soliq tizimlariga 
    rahbarlikni asosan federal davlat organlari amalga oshiradi. 
    Konfederatsiya
     
    bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa 
    masalalari bo`yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik 
    bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to`la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo`yicha tuzadigan 
    ko`ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim aso-
    sida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga 
    erishganidan so`ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o`tishi, 
    yoxud qo`shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin.
    Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida davlatlarning yagona davlatga 
    birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya mustaqil davlatlarning cheklangan 
    sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya subyektlari birlashish jarayonida o`z mustaqilligini 
    saqlab qoladi, federatsiya subyektlari esa, o`z suverenitetini federatsiya idoralari ixtiyoriga 
    topshiradilar. Shuningdek, federatsiya qat’iy ravishda konstitutsiya asosida birlashsa, 
    konfederatsiya taraflarning o`zaro kelishuviga binoan shartnoma yoki bitim asosida birlashadi. 

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Journal of Advanced Research and Stability

    Download 0,71 Mb.
    Pdf ko'rish