Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
49
“Prospects for improving the quality of modern continuing education”
Special Issue | 2022
Unitar davlatlarga Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Italiya, Ukraina kabi oddiy tarkibiy
tuzilishga ega davlatlar misol bo‘la oladi.
Bundan tashqari , ba`zi unitar davlatlarda bir yoki bir necha hududiy bo`linmalarga boshqalardan
imtiyozliroq huquqiy maqom berilishi mumkin. Bunday unitar davlatlar nisbiy ma`muriy
mustaqil muxtoriyat (avtonomiya)ga ega bo`ladi.
Avtonomiya
– yunoncha “o`zim qonun” ma`nosini anglatadi. Bu davlatning shanday bir
bo`lagiki, o`z ichki masalalarini o`zi hal qilish huquqiga ega, u bir davlat tarkibida yashovchi
xalqlarning soni va iqtisodiy rivojlanishdagi notekislik oqibatida yuzaga keladi.
Biroq avtonom tuzilmalarda o`zini – o`zi boshqarish huquqi boshqa aholiga nisbatan kengroq
bo`lsada, ularning mustaqilligi markaziy hokimyat belgilgan doiradagina mavjud bo`ladi.
Unitar davlatdagi avtonomiya bilan fegeratsiya tarkibidagi avtanomiyani farqi bor. Unitar
davlatdagi avtonomiyada vakolat markazdan quyiga berilsa, federatsiyada aksincha,
subyektlardan federatsiyaga beriladi.