|
Oligofreniyaning sabablari turlichadir
|
bet | 2/2 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 61,5 Kb. | | #114343 |
Bog'liq RIVOJLANISHDA NUQSONI BOR BOLALAR TASNIFIOligofreniyaning sabablari turlichadir.
Etiologik belgilar bo`yicha oligofreniya ikkita asosiy guruhga
ajratiladi:
1. Endogen (genetik) ta`sirlar oqibatida kelib chiqqan, irsiy patologiya bilan bog`langan yoki oilada mavjud bo`lgan yoki ushbu individda birinchi marta paydo bo`lgan oligofreniya;
2.Ekzogen ta`sirlar natijasida (homilalik yoki postnatal ontogenezning dastlabki bosqichlaridagi infeksiyalar, intoksikatsiyalar, bosh miya travmalari) kelib chiqqan oligofreniya. Tekshirish metodlarining takomillashib borishi munosabati bilan nerv sistemasining genetik jarohatlanishi sabablariga katta ahamiyat berib kelinmoqda va aqli zaiflikning kelib chiqishidagi ko`p hollar anna shu sabablarga bog`liq deb ko`rsatilmoqda. Aqli zaiflikning genetik shakliga xromosomalarning turli buzilishlari bilan bog`liq oligofreniya kiradi.
Bunda xujayradagi xromosomalarning sonini o`zgarish, mozaik shaklda bo`lishi (ba`zi xujayralarda xromosomalar sonini o`zgarish, xromosomalarning tuzilishini buzilishi-xromosomalarning bir qismining yo`qolishi deletsiya), bir xromosomaning qismini boshqasiga qo`shilishi (translokatsiya), xromosoma shaklining o`zgarishlari kuzatiladi. Xromosomalar buzilishining sabablari turlicha bo`lib, ular to`liq aniqlanmagan. Bularga xususan ota-onalarning generativ xujayralarining to`la rivojlanmaganligi (xromosomalar qatorining noto`g`ri bo`lishi, yosh o`tgan sari ularning «qarishi», kimyoviy moddalar bilan zararlanishi, surunkali kasalliklar, radiatsiya) kiradi.
Ota-onalar jinsiy xujayralarining rivojlanmay qolishda xujayralrning bo`linishi jarayonida xromosomalarning ajralishi buziladi va turli variantdagi xromosomalarning buzilishi kelib chiqadi.
Genetik sabablarga ko`ra oligofreniyaning ikkinchi guruhi enzimolatiya-turli fermentlarning tug`ma rivojlanmay qolganligi tufayli moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Hozirgi vaqtda genetik sabablarga ko`ra moddalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan aqli zaiflik (fenilketonuriya, galaktozemiya, gistidinamiya, gistinuriya, tirozimeniya, fruktozuriya va boshqalar) ko`p kuzatilmoqda. Eng ko`p fenilketonuriya uchrayapti.
Bu kasalliklarda ma`lum bir fermentning tug`ma yo`q bo`lishi organizmda zaharli moddalarni yig`ilishiga olib keladi (fenilalanin, gistidin, arginin, leytsin) va bolalarning miyasi zararlanadi. Bunday buzilishlar bilan oligofreniyaning bir qator og`ir shakllarini kelib chiqishi bog`liqdir. Ularning patogenezini yoritish davolashning samarali yo`llarini topishga yordam beradi.
Oligofreniyaning kelib chiqishida poligen turdagi irsiyatga ham alohida ahamiyat beriladi. Bunda avlodda ota-onalardan o`tgan patologik irsiy omillarning to`planishi yuz beradi.
Oligofreniyaning ekzogen shakliga shunday holatlar kiritiladiki, bunda nerv tizimining sistemasining rivojlanmay qolishga homilalik davrida bolaning miyasiga tashqi ta`sirlar sabab bo`ladi. Bularga embrionlik, homilalik davrida turli surunkali (toksoplazmoz, sifilis va boshqalar) va o`tkir (onaning homiladorlik vaqtida qizilcha, gripp, epidemik parotit, infeksiyali gepatit, toshma chechak va boshqalar) yuqumli kasalliklarning ta`siri natijasida kelib chiqadigan oligofreniyaning shakllari kiritiladi.
Ona organizmining alkogol, kimyoviy moddalar, shuningdek ba`zi dori darmonlar (antibiotiklar, sulfanilamidlar, barbituratlar, xinin, gormonlar va hokozo) bilan zaharlanishi ham oligofreniyaning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Radiaktiv va rentgendan nurlanish ham homilaga va ota-onalarning xujayralariga patogen tarzda ta`sir ko`rsatadi. Onadagi turli endokrin kasalliklar ham (diabet, qalqon, bezlarining, gipofizning jarohatlari) patogen rol o`ynaydi.
Homiladorlikdagi toksikozlar, vmtaminlar muvozanatining buzilishi ham salbiy ta`sir ko`rsatadi. Onadagi yurak-tomir tizimidagi sistemasidagi, o`pkadagi, jigar va buyraklardagi surunkali yetishmovchiliklar homilaning patologiyasiga olib keladi. Ona va homila qonlarining rezus-omil bo`yicha bir-biriga to`g`ri kelmasligi ham salbiy oqibatlarga olib keladi.
Tug`ilishdan oldin homilada kislorodning uzoq vaqt yetishmasligi (gipoksiya) miyaning shakllanishga ta`sir ko`rsatadi. Homilaning zararlanishida ta`sirning vaqti ham muhim ahamiyat kasb etadi. Homiladorlikning dastlabki uch oyi juda xavfli bo`lib, bu vaqtda organizmning muhim tomonlari miyaning shakllanishi yuz beradi. Oligofreniyaning ekzogen shakllariga markaziy nerv sistemasining ilk rivojlanish davrida (1,5-2 yoshgacha) infnksiyalar, intoksikatsiyalar va travmalar natijasidagi zararlanishlar bilan bog`langan psixik yetishmovchiliklarning variantlari ham kiritiladi.
Bu hollarda neyroinfeksiyalar orqali yuqtirilgan turli etiologiyadagi meningit, ensefalit, meningoensefalitlar, og`ir kechadigan somatik kasalliklar (qizamiq, skarlatina, parotit, dizenteriya va h-zo), nerv sistemasining intoksikatsiyasi (postvaksinal ensefalit) oligofreniyaning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Postnatal miya travmalariga ham alohida e`tibor berish lozim. Bunday jarohatlarining patogenezida gidrotsefaliya katta o`rin egallaydi. Etiologiyasi bo`yicha aralash (endogen-ekzogen) bo`lgan oligofreniyalarning kelib chiqishi ko`pincha aniq bo`lmaydi. Bunda ko`pincha irsiy omillarning ta`siri katta deb ko`rsatilsa ham, oligofreniyaning bu shakli ekzogen ta`sirlar natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Krannostenoz, mikrotsefaliya, gidrotsefaliyaning ba`zi shakllari, kretinizm kiradi. Oligofreniya intellektual yetishmovchilikning namoyon bo`lish darajasiga ko`ra uch darajag`a ajratiladi: debillik, imbetsillik va idiotiya. Debillik-oligofreniyaning eng yengil darajasi bo`lib, yordamchi maktabga bolalarni saralash vaqtlarida asosan shu bolalar bilan ish olib boriladi.
Yordamchi maktab o`quvchilarining asosiy kontinentini ham debil bolalar tashkil etadi. Imbetsillik-debil darajadan birmuncha og`irroq darajadir. Aqliy nuqsonning imbetsillik darajasida oligofreniyaning o`ziga xos xususiyatlari namoyon bo`lishi birmuncha yaqqol ko`rinadi. Birinchi navbatda, bu yaqqol holatlarda umumlashtira olmaslik, xatto oddiy tushunchalarni hosil qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Imbetsil bolalarning mantiqiy fikrlash jarayonlari juda past darajada bo`ladi. O`qigan materialning mazmunini ilg`ab ololmaydilar, yordamchi savollar orqaligina qisman mazmunini tushunishlari mumkin. Idiotlik-oligofreniyaning eng og`ir darajasi bo`lib, ular idroklarida qo`pol rivodlanmaganlik ko`rinadi. Atrof-muhit bilan munosabati mos bo`lmaydi. O`z shaxsini aniq bilmaydi. Ularning tafakkuri deyarli yo`q.
Nutq faqatgina atrofdagilar bilan muloqotga kirishish uchungina emas, balki, eng avvalo, o‘z ehtiyojlarini qondirish, o‘rab turgan olamni anglash, o‘z xatti-harakatlarini rejalashtirish uchun vositadir. Uni egallash voqelikni anglash usuli sanalgani bois bolaning nutqiy faoliyati, o‘zgalar bilan muloqoti va o‘z fikrlarini bildirishi uchun yetarli sharoit yaratish muhim hisoblanadi 1.
Bola tomonidan nutqning o‘zlashtirilishi o‘z tarkibiga bir necha bosqichlarni oluvchi murakkab jarayon bo‘lib, dastlabki bosqich o‘z ichiga murojaat etilgan nutqni tushunish (nofaol nutq)ni oladi. Ushbu davrning amaliy ko‘rinishi bolaning aytilgan so‘zga javoban xatti-harakatini bildiradi. Bola nutqining tarkib topishi va rivojlanish jarayoni, va, eng avvalo, tilni egallashi hamda grammatik tizimining shakllanishi, asosan, turli-tuman ko‘rinishdagi gaplarni o‘zlashtirish orqali amalga oshadi. Ushbu jarayon o‘z tarkibiga uch asosiy davrni oladi:
1) so‘z-o‘zaklardan tashkil topuvchi gaplarni o‘zlashtirish davri. Bu davr ikki bosqichdan iborat bo‘lib, o‘z ichiga bir so‘zli hamda bir necha so‘zlardan iborat (asosan, ikki so‘zdan tashkil topgan) gaplarni o‘zlashtirishni mujassamlaydi;
2) so‘zlarni turlash va tuslash kabilarni o‘zlashtirish bilan ajralib turuvchi tilning morfologik tizimini o‘zlashtirish davri;
3) sintaktik kategoriyalar va ular tashqi ifodasining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan gapning grammatik tizimini o‘zlashtirish davri.
Birinchi hamda ikkinchi davr o‘rtasida keskin chegara mavjud bo‘lib, ikkinchi va uchinchisining o‘rtasida aniq chegara mavjud emas. Ushbu tashqi ko‘rsatkichlar ichki ko‘rsatkichlar bilan chambarchas bog‘liq: so‘zlarni o‘zgartirish qonuniyatlaridan foydalanish malakasiga ega bo‘lmay turib, gapni to‘g‘ri tuzish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin emas. Chunki gap tuzishning asosini so‘zlarni bog‘lash emas, balki xususiy va umumiy grammatik ma’nolarning shakllarini o‘zaro bog‘lash modeli tashkil etadi.
Tilning fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarini egallash uchun yuqori darajadagi eshitish o‘tkirligi talab qilinadi. Oddiy sharoitlarda o‘sib ulg‘ayotgan bolada eshitish yordamida atrofdagilar nutqidan asosiylarini ajratib olish ko‘nikmalarining shakllanib borishi shunga o‘xshash shaxsiy jumlalarni tuza olish malakalarining shakllanishiga asos bo‘ladi. Akustikani idrok etish nuqsoniga ega bo‘lgan bolaning nutqida tovushlarni farqlash, grammatik shakllarni kuzatib borish, taqqoslash imkoniyatidan mahrum bo‘lishidan kelib chiqqan holda agrammatizm yuzaga keladi.
Zaif eshituvchi bolalarning tallafuz malakalarini rivojlantirish yo‘llari hamda usullarini belgilash tadqiqotimizning maqsadini tashkil etar ekan, nutqning lingvistik va psixologik-pedagogik asoslarini ko‘rib chiqmay turib, ushbu muammoni hal qilib bo‘lmaydi. Ushbu yo‘nalishda ish olib borgan barcha tadqiqotchilar til va tafakkur birligi to‘g‘risidagi g‘oyaga tayanadilar. Bu g‘oya psixologiyaga oid tadqiqotlarda atroflicha ko‘rib chiqilgan. Nutqiy rivojlanishning tavsifi hamda uning o‘ziga xos jihatlari ko‘plab lingvistik, psixologik va metodik tadqiqotlarning yetakchi g‘oyasini tashkil etgan bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, muayyan kommunikativ vazifani bajaradigan, bitta nutq ob’ekti bilan ravon hamda nisbatan tugal fikrni ifoda etgan iboralar guruhi og‘zaki ravon nutq birligi bo‘lib xizmat qiladi. Tilshunoslik nuqtai nazardan ravon nutq u yoki bu darajada muhim mustaqil qismlarga bo‘linadigan «nutq qismi» hisoblansa, psixologiya fanida so‘zlovchining fikrini, xohish-istagini bildiradigan har qanday nutq, ma’lum ma’noda, uning o‘zi uchun ravon nutq hisoblanadi. Og‘zaki ravon nutq kishilarning bir-birlari bilan muloqot qilish vositasi bo‘lgan tashqi, ohangdor va talaffuz etiladigan nutq turiga mansubdir. F.R.Qodirova va R.M.Qodirovalarning fikricha, ravon nutq kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikr bo‘lib, og‘zaki nutq «matnlari» bevosita so‘zlash jarayonida yaratiladi .
Har qanday nutqning ravonligini ko‘rsatuvchi asosiy belgilar qatoriga, eng avvalo, uning qismlari o‘rtasidagi ma’noli aloqalar, so‘ngra esa, gap qismlari o‘rtasidagi mantiqiy aloqalar va, nihoyat, uchinchidan, so‘zlayotgan shaxs fikrining ifoda etilishidagi tugallanganlik kiradi.
M.I.Lisina til vositasida muloqotning eng kichik birligi sifatida miqdor va ma’no mezonini qabul qiladi hamda nutq bo‘lagi (fragmenti) sifatida bir butun nutq jarayonini tashkil qiladigan 4-5 ta to‘liq gaplar ko‘rinishidagi to‘liq matnni ajratib ko‘rsatadi. Demak, ilmiy adabiyotlarda «ravon nutq» tushunchasiga o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi hamda va boyituvchi turli-tuman ta’riflar beriladi.
Ravon og‘zaki nutqning shakllanishi hamda uning asosida nimalar mavjud bo‘lishi, uning manba va qonuniyatlari qandayligi masalasini ko‘rib o‘tishimiz lozim. Tadqiqotchilar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan gaplardan tashkil topgan situativ (vaziyatbop) nutq sekin-asta kontekstli nutqqa tomon rivojlanib borishini ko‘rsatib o‘tadilar.
L.S.Rubinshteynning ta’kidlashicha, og‘zaki nutq bu vaziyatbop va kontekstli nutqdir. Nutq dastlab vaziyatli tusga ega bo‘lib, bola ulg‘aya borgani sayin nutqning tarkibi va vazifasi o‘zgara boradi hamda ravon kontekstli nutq shaklini egallab boradi. Bolaning nutqi avval o‘ziga eng yaqin borliq bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi: u kundalik turmushda bola mavjud bo‘lgan va butunlay bog‘liq bo‘lgan vaziyat (situatsiya) dan tug‘iladi va unga to‘liq bo‘ysunadi. Shuningdek, bu nutq og‘zaki shaklga ega bo‘lib, suhbatdoshga qaratilgan bo‘lishi hamda iltimos, istak, savolni bildirishi, ya’ni vaziyatli shaklga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Bola kontekstli nutqni ta’lim jarayonida egallab boradi. Unda yangi nutq vositalariga, yangi tuzilish shakllariga ehtiyoj yuzaga keladi. Ilk bolalik paytidagi nutqda vaziyatga oid (situativ) bog‘liqlik ustunlik qilib, bolaning so‘zlab berayotgan vaziyati (situatsiyasi) suhbatdoshiga ma’lum bo‘lsagina, qanday fikr yetkazilmoqchi bo‘layotganini tushunadi. Sekin-asta nutq kontekstli bo‘lib boradi, ya’ni uni muayyan kontekstda tushunsa bo‘ladi. Ravon nutqning shakllanishi, funksiyalarining o‘zgarishi atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqotning mazmuni, shart-sharoitlari va shakllariga bog‘liqdir.
Ravon og‘zaki nutqning dialogdan monologga qarab rivojlanishini o‘rgangan N.I.Jinkin va M.I.Lisinalarning ta’rifiga ko‘ra, dialogik nutq birlamchi va osonroq nutq shakli bo‘lib, u situativ (vaziyatli) hamda holat, suhbat mavzusiga bog‘liq holda «qo‘llab-quvvatlanadigan» ko‘rinishga ega. Ya’ni dialog ikki yoki bir necha shaxslar tomonidan amalga oshiriluvchi nutqiy xatti-harakat bo‘lib, bu paytda suhbatdoshlar o‘rtasidagi o‘zaro axborot almashish jarayonida ular tomonidan imo-ishoralar, yuz ifodalari, nutq ohangidan ham foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi.
Monologik nutq keng fikr bildirishdan iborat bo‘lganligi sababli ilmiy adabiyotlarda «ravon nutq» deb yuritiladi. Monologik nutq suhbatdoshga uzoq muddatli va maqsadga yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan kontekstli yoki kengaytirilgan nutq turi bo‘lib, og‘zaki monologda nutqni «qo‘llab-quvvatlash» hodisasi zaiflashadi: nutq qo‘yilgan savolga shunchaki oddiy javob emas, balki fikrning reja bo‘yicha kengaytirilgan bayoni bo‘lib, bu yerda so‘zlovchi nafaqat o‘zining alohida fikrini, balki nutqi, monologini butunicha dasturlaydi. Demak, monologik nutqning eng muhim xususiyati uning dasturlashtirilganidir. Monologik va dialogik nutqning rivojlanishiga oid ushbu qarashlar bolalarda ravon nutqning yuzaga kelishini tushunib yetish uchun zarur sanaladi. Shu sababli A.A.Leontevning nutqdan xatti-harakatlarni rejalashtirish va boshqarish uchun foydalanish bosqichidan avvalroq undan kommunikativ maqsadlarda foydalanish bosqichi keladi, degan fikri g‘oyat muhimdir(12)
Dialog jarayonida bolada o‘zi bildirayotgan fikrning mantig‘ini kuzatib borish kabi muhim ko‘nikma shakllanadi. Dialogik nutqqa to‘g‘ri o‘rgatish monologik nutqning yuzaga kelishi va rivojlanishining muhim omili hisoblanadi. Ravon og‘zaki nutq, dialogik nutq shaklidan farqli o‘laroq, monolog tusiga ega va shu sababli avvaldan ma’lum tayyorgarlikni talab qiladi. N.I.Jinkinning aniqlashicha, o‘z fikrini og‘zaki ifoda etish uchun nutq tuzishda bolalar duch keladigan qiyinchiliklar asosan quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘lar ekan:
1) og‘zaki nutq fikrning shu vaqtning o‘zida so‘z bilan ifodalanishini talab qilishi sababli bolalarda faol lug‘atning yetishmasligini keltirib chiqaradi. Chunki: «Og‘zaki nutqda so‘z tanlashga vaqt yo‘q. Xotirada bor tanish so‘zlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi»;
2) asosiy vazifasi «gaplarni og‘zaki tuzish paytida aytib bo‘lingan va yana talaffuz qilinishi kerak bo‘lgan so‘zlarni xotirada ushlab qolish» dan iborat bo‘lgan operativ xotiraning kuchsizligi .
N.F.Vinogradova, M.I.Lisina, A.M.Borodich, F.R.Qodirova va R.M. Qodirovalar dialogik nutq bolalar bilan suhbatlashish jarayonida, kundalik muloqot hamda maxsus tayyorlangan suhbatlar jarayonida shakllantirib borilishi lozimligini ta’kidlagan holda suhbatlarning tasnifi, ularga qo‘yiluvchi maqsadlar hamda ularni olib borish metodikasini keng yoritib berganlar
F.R.Qodirova va R.M.Qodirovalar hikoya qilishga o‘rgatishning eng samarali usul va vositasi o‘yinchoqlar bilan olib boriluvchi mashg‘ulotlar ekanligini ko‘rsatib o‘tsalar , N.F.Vinogradova bolalarning ravon nutqini atrof olam bilan tanishtirish jarayonida rivojlantirish lozimligini ta’kidlaydi.
M.R.Lvov to‘g‘ri tallafuzni rivojlantirishda syujetli rasmlar majmuasidan foydalanishning yuqori samara berishini o‘zining uzoq yillar davomida olib borgan keng tadqiqoti asosida isbotlab berdi .
O‘qitish natijasi ko‘plab sabablarga bog‘liq bo‘lib, avvalo, u bolaga nutqiy muloqotni ta’minlab beradigan ijtimoiy muhit hisoblanadi . Bola umumiy rivojlanishining saviyasi, maktabda muvaffaqiyatli o‘qib keta olishi ko‘p jihatdan uning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligiga, shuningdek, uni o‘rab turgan insonlar tomonidan qo‘llanayotgan nutqning rivojlanganlik darajasiga bog‘liq sanaladi. Shu sababli ta’lim-tarbiya jarayonida ana shunday rivojlantiruvchi muhitni o‘z vaqtida tashkil etish g‘oyat muhim sanaladi.
Bolalar to‘g‘ri tallafuzni rivojlanishi masalasiga ularning tafakkuri hamda bilishga bo‘lgan qiziqishi bilan bog‘liq holda qarash lozim. Nutq va tafakkurning o‘zaro bog‘liqligi muammosi psixologik va pedagogik tadqiqotlarning diqqat markazida turgan doimiy masalalardan biri sanaladi. Bu borada izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar tafakkur va nutqning amaliy faoliyat jarayonida shakllanishini ta’kidlab, til, kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatida, aqliy faoliyatning alohida turi ekanligini ko‘rsatadila,tushuncha so‘zlarsiz mavjud bo‘lolmaydi, tushunchalar vositasidagi fikrlash nutqiy fikrlashdan tashqarida mavjud bo‘lolmaydi»
Nutqning yuzaga kelishi va uni anglab yetish mexanizmlari bir-biriga teng bo‘lmagan jarayon bo‘lib, bu qoidalar maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasida o‘zining to‘liq ifodasini topgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ona (rus) tilini o‘zlashtirishda nutqiy va aqliy jihatlarning o‘zaro aloqalarini o‘rgangan F.A.Soxin va A.M.Borodichlar til va nutq hodisalarini anglab yetish ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligini qat’iy asoslab bergan holda, ravon nutq ona tilini o‘zlashtirishda bola erishgan barcha yutuqlar (tovush tizimi, lug‘at tarkibi, grammatik tuzilishini o‘zlashtirish)ni o‘zida qamrashi hamda bunda ravon ifodaning tuzilishi maqsadli, avvaldan rejalashtirilgan, o‘ylab qo‘yilgan bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydilar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.P.M. Po`latova “Oligofrenopedagogika” Toshkent 2005 yil.
2. V.S. Raxmanova “Maxsus pedagogika” Toshkent 2004 yil.
3.Vigotskiy.L.S. «Problema u otstalosti» Moskva 1956 yil.
4.Pod red. Dulneva. G.M. “Korreksionnaya rol obucheniya v shkole”M.1971 y. 5. M. Ayupova “Logopediya” Toshkent, 2007 yil.
6. M. A. Pavalyova “Spravochnik logopeda” Rostov-na-Donu, 2007 god.
7. www.pedagog.uz
|
| |