Iroda akti va uning to’zilishi.
Irodaviy
harakatlarning dastlabki boshlang’ich nuqtasi harakat
maqsadining vujudga kelishi va shu maqsadning o’rtaga qo’yilishidir.
Maqsad - kishining shu paytda kerakli va zarur deb topgan ish-
harakatlarini tasavvur etishi demakdir.
Maqsadni tasavvur qilish odatda, shu maqsadga erishish, istak-orzuni
amalga oshirish yo’lidagi intilishga bog’liq bo’ladi. Masalan, kishi qiyin
ahvolga tushib qolsa, shu ahvoldan bir amallab qutilishini o’z oldiga maqsad
qilib qo’yadi. Kishi shu vaziyatni ma’lum darajada o’zgartirish, bir nimaga
barham berish, bir nima qo’shish va shu kabi maqsadlarni o’z oldiga maqsad
qilib qo’yadi.
Hatti-harakatni maqsad qilib qo’yish kishining mehnat faoliyati, kasb-
koriga bog’liq bo’lgan vazifalariga va turmushdagi burchlariga qarab
belgilanadi. Kishi jamiyatda, jamoada tutgan o’rni maqsad qo’yishga ta’sir
etadigan muhim omil hisoblanadi.
Kishida kelib chiqadigan ehtiyojlar darrov yaqqol tasavvur qilinadigan
maqsad tarzida hosil bo’la qolmaydi. Ko’ngilda kechayotgan ehtiyoj va
intilishlar turli darajada anglanishi va turlicha tasavvur qilinishi mumkin.
Masalan, ehtiyoj va intilishlar ba’zan istak tarzida ko’ngildan kechadi.
Istak shunday holatki, bunda odam o’ziga nimadir yetishmayotganini,
nimanidir istayotganini his qilib turadi-yu, o’sha narsa nima ekanini yaxshi
tasavvur qila olmaydi. Tilak intilishning shunday bosqichiki, bunda kishi
harakat maqsadini anglab yetadi, lekin unga erishish yo’llari va vositalarini hali
tushunib yetmaydi.
Ehtiyoj yana kuchayib boraveradi. Natijada intilishi maqsadlaridan
tashqari, uning yo’l, usul va vositalari ham asta-sekin anglashilib boradi.
Intilishning bunday to’la anglanilgan bosqichi hohish deb aytiladi.
Maqsadning va unga yetishish yo’llarining ma’qul va noma’qulligini
belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb aytiladi. Kishi nega
boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu maqsadni o’z oldiga qo’ymokda,
shu maqsadga yetishmoq uchun boshqa yo’l va vositalar bilan emas, balki
xuddi shu vositalar bilan ish ko’rishning sababi nima degan savolga javob motiv
deb ataladi. Maqsadlarni, ularga erishish yo’llari va vositalarini tanlash
jarayoni ba’zan ichki kurash xarakteriga ega bo’ladi. Bu kurashda turli kuch va
jozibaga ega bo’lgan bir necha motiv maydonga chiqadi. Bu jarayon motivlar
kurashi deb yuritiladi. Motivlar kurashi ko’pincha tafakkur bilan hissiyot
o’rtasidagi kurashdan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, bu burch hissi bilan unga
133
oid bo’lgan qandaydir boshqa shaxsiy his o’rtasidagi kurash tarzida ham
namoyon bo’lishi mumkin.
Maqsadga erishish yo’llari va vositalarini tanlash jarayoni, rejalashtirish
motivlar kurashi bilan bog’langan bo’lib, qarorga kelish bilan tugaydi. Qarorga
kelish muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish yo’lidagi harakat
usullaridan birini tanlab olish demakdir. Tez qarorga kelish sur’ati bir qancha
sabablarga, jumladan, ehtiyojga, hal qiluvchi motiv kuchiga, vaziyatga,
hissiyotga, tafakkur va hayolning taraqqiyot darajasiga, kishining turmush
tajribasi va bilimlariga, dunyoqarashi, temperament va xarakteriga, boshqa
kishilarning maslahati, buyrug’i, takliflariga bog’liqdir. Bundan tashqari,
maqsadning
ahamiyatliligiga,
birorta
qarorga
keltiruvchi
faoliyatning
xarakteriga ham bog’liq bo’ladi.
Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas balki, qarorni tez va
dadil bajarishda ham zohir bo’ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni
belgilangan muddatda bajarish – qat’iyatni namoyish qilish demakdir.
Qabul qilingan qaror mustahkam yoki bo’sh bo’lishi mumkin. Bir marta
qabul qilinib, keyinchalik o’zgartirilmaydigan va ma’lum vaqt davomida albatta
bajariladigan qaror qat’iy va mustahkam qaror deyiladi. Qaror qabul qilinsa-yu,
keyin yo o’zgartirilsa, yoki boshqa yangi qaror bilan almashtirilsa, yoxud
butunlay bekor qilinsa, bunday qaror bo’sh qaror deyiladi. Qat’iy va
mustahkam qarorga kelish irodaning ijobiy xususiyatidir.
Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko’rish va harakat qilish uchun
qabul qilinadi. Qarordan harakatga o’tishni qarorni ijro etish deyiladi.
Irodaning eng muhim va asosiy bosqichi qarorni ijro etishdir.
Odatda irodaviy harakatlar 2 xil: jismoniy va aqliy bo’ladi. Jismoniy
harakatlarga har xil mehnat operasiyalari, o’yin va sport mashg’ulotlari va
boshqalar kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala yechish, yozma ishlar, dars
tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlari olib borish kabilar kiradi Ko’p vaqt takrorlanib
o’zlashib ketgan, ko’nikma va malakalarga aylangan harakatlar ham murakkab
irodaviy harakatlardandir.
Qarorni ijro etish, odatda, ma’lum vaqt, muddat bilan bog’liq bo’ladi.
Qaror kechikmasdan, belgilangan muddatda ijro etilsa, bu irodaning ijobiy
sifatidan dalolat beradi.
Ammo qabul qilingan qaror hamisha bajarilavermaydi, ayrim hollarda
esa o’z vaqtida bajarilmay qoladi. Ijrosi paysalga solinadigan yoki butunlay
ijro etilmaydigan qarorlar niyatlar deb aytiladi.
Bir qator hollarda qarorga kelish boshqa kuchli ehtiyojlarning ta’sirini
zaruriy tarzda yengish bilan bog’liq bo’lgan jiddiy xarakterdagi ichki zo’r berish
bilan bog’liq bo’ladi. O’zidagi qarshiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lgan
bunday jarayon irodaviy zo’r berish deyiladi. Irodaviy zo’r berish ongning,
avvalo nerv-muskul apparatining maxsus zo’rikishida ifodalanadi va
organizmning tashqi o’zgarishlarida namoyon bo’ladi. Bundan tashqari, zo’r
berish uchun yana kuch sarflashga ham to’g’ri keladi.
134
Irodaviy zo’r berish va irodaviy harakat maqsadga erishish yo’lida
uchraydigan to’siqlarni yengishda namoyon bo’ladi. To’siqlar esa ikki xil: ichki
va tashqi to’siqlar bo’lishi mumkin.
Irodaning navbatdagi bosqichi ijroga baho berish bo’lib hisoblanadi.
Baho berish qilingan ishni ma’qullash, oqlash yoki qoralashdan iborat bo’ladi.
Bu baho qabul qilingan qaror yoki bajarilgan harakatlardan mamnun bo’lish
yoki mamnun bo’lmaslik tufayli kelib chiqqan maxsus hissiy kechinmalarda
ifodalanadi.
Demak, iroda insongagina xos noyob psixik jarayondir. U insonning ongli
harakatlarida namoyon bo’ladi. Iroda tufayligina turli qarshiliklarni yengib o’z
maqsadimizga erishamiz. Iroda juda murakkab to’zilishga egadir. U ko’plab
harakat bosqichlarini o’z ichiga oladi.
|