131
shunday bir sohasiki, bu orqali odam o’z ishiga faol kirishadi va uni
muvofiqlashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o’z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli
zaruratdan kelib chiqqan holda, oldindan rejaga solingan yo’nalishda va
oldindan nazarda tutilgan kuch-g’ayrat bilan tegishli ish harakatlarni bajarishi
mumkin. Bundan tashqari, odam o’z psixik faoliyatini tegishli ravishda
uyushtirish hamda uni muayyan bir mazmunga yo’naltirishi ham mumkin.
Odam o’zidagi emosional holatni sirtiga chiqarmaslikka, tashqi tomondan
bilintirmaslikka harakat qilishi, goho tashqi tomondan mutlaqo buning aksi
bo’lgan holatlarni ifoda etishi ham mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan,
odam hatti-harakatini yo’nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saqlab qoladi,
ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chiqqan holda kishining
psixik faoliyatini uyushtiradi.