137
uchrashi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va ularning oldini olish masalalari o’z
aksini topishi lozim.
Kuzatish o’quvchilar uchun tabiiy sharoitda olib borilishi lozim.
Obyektivligi. Kuzatish jarayonida o’qituvchi o’zining taxminlariga
asoslanmasligi, o’ziga ko’rishini xoxlagan narsa yoki xususiyatlarni izlamasligi,
balki faqat obyektiv faktlarini, o’quvchilarni haqiqiy namoyon bo’layotgan
harakatlarini hisobga olish va shu faktlar natijasida ma’lum xulosalar qilishi
lozim. Kuzatuvchilar soni 3-4 kishi bo’lsa, kuzatish natijalarining obyektivligi
ortadi.
Kuzatish natijalarini yozish kog’ozining mavjudligi kuzatish jarayonida
olingan natijalar, albatta, kuzatish jarayonida yoki darhol undan keyin yozib
borilishi lozim. Yozuvlar muayyan tartibda (ma’lum vaqt o’lchami bo’yicha)
olib boriladi. Qulaylik uchun odatda kuzatish sxemalari va jadvallaridan
foydalaniladi.
Kuzatish uslublarining afzalligi shundan iboratki, kuzatish tabiiy sharoitda
o’tkaziladi, u sodda maxsus apparatura va asbob uskunalar talab qilmaydi. Bu
usulning kamchiligi – uzoq vaqt va anchagina mehnat talab qilishidir.
Erkin kuzatuv ko’pincha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o’rganish
maqsad qilib qo’yilganda qo’llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining
kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki
dastur bo’lmaydi, kuzatuv obyekti ham qat’iy bo’lishi shart emas. Yoki dars
jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yuzasidan umumiy munosabatlarini
bilish uchun ham ba’zan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin.
Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo’lib, nimani, qachon, kim va
kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan,
kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs
xulq-atvoriga ta’sirini o’rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil
qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o’sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda
qo’shiladi va zimdan kuzatish ishlarini olib boradi.
Umuman,
kuzatish
metodining
ijtimoiy
hayot,
professional
ko’rsatkichlarni qayd qilishda so’zsiz afzalliklari bor, lekin shu bilan birga
kuzatuvchining professional mahorati, kuzatuvchanligi, sabr-qanoatiga bog’liq
bo’lgan jihatlar, yana to’plangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda taxlil qilish
xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u
boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi.