210
ORTIQCHASINI O’CHIRISH.
Ortiqchasini o’chirish metodikasi umulashtirish va chalgish, muhim
belgini ajratish kabi tafakkur jarayonlari darajasini o’rganish uchun qo’llaniladi.
Bu metodikaning ham ikki turi bor: predmetli va so’zli. Metodikaning predmetli
turida qo’zg’atuvchi material alohida qog’ozlarda berilishi zarur. Xar bir
qog’ozda (kartochkada) 4 ta predmet tasvirlangan. Rasmlar oq, qora yoki rangli
bo’lishi mumkin. Sinaluvchi 4 ta predmetdan, umumiy belgi bo’yicha
birlashuvchi 3 tasini tanlashi kerak. Odatda quyidagi ko’rsatma beriladi:
Bu yerda 4 ta predmet tasvirlangan. Siz 3 ta predmetni birlashtirib
turadigan narsani topib, unga nom berishingiz kerak, bir predmet bu guruhga
kirmaganligi uchun uni o’chirish kerak Tadqiqotchi birinchi topshiriqni
sinaluvchi bilan birga bajaradi, keyin u mustaqil ishga kirishadi. Bu
metodikadan bolalarni va kattalarni tekshirishda foydalanish mumkin.
Metodikaning og’zaki variantini 11-12 yoshdan katta bolalar uchun qo’llash
mumkin. Tajriba o’tkazish uchun so’zlar qatori yozilgan maxsus qog’oz varog’i
bo’ladi. £o’llanma: «Xar bir qatorda 5 ta so’z bor, 4 ta so’zni bir guruhga
kiritib nom bering, bir so’z ortiqcha bo’lib uni o’chirish kerak».
1. stol, stul, krovat, pol, shkaf.
2. Sut, qaymoq, qatiq, suzma, go’sht.
3. Botinka, etik, bog’ich, tufli, tapochka.
4. Bolg’a, arra, mix, bolta, randa
5. Shirin, issiq, achchiq, nordon, sho’r.
6. terak, tol, daraxt, archa, shaftoli.
7. Samolet, arava, odam, kema, velosiped.
8. Abror, Murot, Aziz, Asqarov, Nabi.
9. Santimetr, metr, kilogramm, kilometr, millimetr.
10. tokar, o’qituvchi, vrach, kitob, kosmonavt.
11. Palto, plash, ko’ylak, tug’ma, shim.
12. Uy, orzu, mashina, sigir, daraxt.
Tajriba natijalari tadqiqot qarorida qayd etiladi.