• “Y” nazariyasining tamoyillari
  • A. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari
  • “X” nazariyasi uchun bu -




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet46/180
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231480
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   180
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    “X” nazariyasi uchun bu - 

    tashkilotni qattiqqo‘llik bilan izchil tarzda boshqarish lozimligi; 

    qonuniy rasmiy vakolatlarni markazlashtirish; 

    qarorlar qabul qilish jarayoniga xodimlarni minimal tarzda jalb etishning 
    maqsadga muvofiqligi. 
    “Y” nazariyasining tamoyillari: 

    tashkilotni umumiy tarzda erkin boshqarish; 

    rasmiy vakolatlarning bo‘limlarga bo‘linishi; 

    majburlash va nazoratning kamligi, individual faolik va o‘z-o‘zini nazorat 
    qilishga o‘tish; 

    boshqaruvning demokratik uslubi; 

    qarorlar qabul qilish jarayoniga barchaning jalb etilishi. 
    Lekin jahon ilmu-fani tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, boshqaruvda, 
    ayniqsa, uning uslublarini tanlashda sintetik tanlovning bo‘lishi ko‘proq o‘zini 
    oqlamoqda. 
    Rahbarning professional muhim sifatlari masalasi oxirgi yillarda 
    mutaxasislar va amaliyotchilarni ko‘proq qiziqtirmoqda. Bir guruh olimlar 
    amerikalik hamda yaponiyalik rahbarlar faoliyatini o‘rganib, ularga xos bo‘lgan 
    eng muhim sifatlarning bloklarini ajratganlar. 1500 ta amerikalik menedjer va 
    41 ta yirik YAponiya firmalari rahbarlarining sifatlari quyidagicha tabaqalandi: 
    A. Konseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari: 
    dunyoqarashning kengligi, global yondashuv; 
    uzoqni ko‘ra bilish va egiluvchanlik; 
    tashabbuskorlik va dadillik, tavakkalchilikka moyillik; 
    muntazam o‘z ustida ishlash va uzluksiz o‘qish.
     
    B. SHaxsiy sifatlar:
    maqsad va yґnalishlarni aniq belgilash; 
    o‘zgalar fikrini tinglash qobiliyati; 
    xolislik, samimiyat va bag‘rikenglik; 
    adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo‘yish, ular 
    imkoniyatlaridan to‘la foydalanish; 
    shaxsiy yoqimtoylik; 
    jamoa tashkil etish va unda uyg‘un muhitni ushlab tura olish qobiliyati. 


    57 
    Lekin, barcha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo‘ldiki, 
    amerikalik rahbarlar ko‘proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslar 
    ko‘rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo‘lishi tarafdorlari bo‘lsalar, 
    yaponiyaliklar - xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi 
    sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar. 
    50-chi yillardan boshlab o‘tkazilgan tadqiqotlarda xar qanday faoliyatda 
    ham muvaffaqiyatni ta’minlovchi sifatlarning yuzlab xillarini aniqlandi. Lekin 
    ularni umumlashtirilganda, 5% sifatlargina barcha tadqiqotlarda muhim, deb 
    e’tirof etildi. Ularning orasida eng ko‘p marta takrorlanganlariga: 
    a) intellekt (odamning murakkab va mavhum muammolarni echa olish 
    qobiliyati, u o‘ta yuqori bo‘lmasligi, aksincha, o‘rtachadan yuqori bo‘lishi 
    kerakligi e’tirof etildi); 
    b) tashabbuskorlik (yangicha ishlash va harakatlarga ehtiyojni anglash 
    qobiliyati va shunga mos motivlar). 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   180




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish