• Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyili.
  • Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo’ginni aniqlay olish




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/180
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231480
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   180
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo’ginni aniqlay olish 
    tamoyili.
    Zamonaviy boshliq ishlash jarayonida ko’p va har xil masalalarga 
    (muammolarga) duch keladi. Agar hamma masalalarni boshliqning o’zi hal 
    qilmoqchi bo’lsa, uning kuchi ham, vaqti ham, imkoniyati ham yetishmaydi. 
    Shuning uchun boshliq korxona oldida turgan masalalar ichidan eng asosiylari, 
    ya’ni birinchi navbatda yechilishi zarur bo’lganlarini ko’ra bilish va ajratish 
    qobiliyatiga ega bo’lishi shart, ya’ni yechiladigan masalalar zanjirida asosiy 
    bo’g’inni aniqlay bilishi kerak. 
    Buning uchun boshliq adabiyot va axborot vositalarida e’lon qilingan, 
    korxona yo’nalishiga oid bo’lgan materiallarni tahlil qilishi va o’zida to’g’ri 
    xulosa chiqarishi, fan va texnika yutuqlarini o’rganib, ularni o’z korxonasida 
    qo’llash yoilarini qidirishi, korxonaning sohasi bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan 
    ilg’or (raqobatdosh) korxonalarning ishlash usullarini o’rganishi va iloji boricha 
    korxonasida o’rgangan usul va vositalarni qo’llash va nihoyatda o’z 
    korxonasining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilib, boshqa raqobatdosh 
    korxonalarning faoliyati bilan solishtirib chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak. 


    72 
    Bu tadbirlar korxonaning texnik - iqtisodiy ko’rsatkichlarini ilg’or 
    (raqobatdosh) korxonalar darajasigacha ko’tarish imkoniyatini beradi. 
    Shuning uchun ham bu tamoyilga amal qilish boshqarish ama-liyotida 
    birinchi navbatda yechiladigan masalalarni aniqlash orqali iqtisodiyotni 
    (korxonani) samarali boshqarish imkoniyatini beradi. 
    Qabul qilinadigan qarorlarning obyektivligi va ilmiyligi tamoyili. 
    Ish 
    faoliyatida rahbar odamda ko’p masalalar bo’yicha har xil qarorlar qabul 
    qilishga to’g’ri keladi. Boshqarish sohasida qabul qilingan qarorlardan kelgan 
    foydadan kimlar manfaatdor bo’lishiga qarab, ular obyektiv va subyektiv 
    bo’lishlari mumkin. Qabul qilingan qarorlar jamoa, ishlab chiqarish va davlatni 
    ko’zda tutsa obyektiv, subyektiv, ya’ni qaror qabul qiluvchi shaxsning 
    manfaatlarini ko’zda tutsa subyektiv qarorlar bo’ladi. Ko’pincha qabul qilingan 
    qarorlarda subyektivlik ancha foizni tashkil qiladi.Bunday holatlar ko’pincha 
    rahbar yoki qaror qabul qiluvchi shaxs jamoaning bir nechta xodimlari bilan 
    qarama - qarshi (konflikt) holatda boisa sodir bo’ladi. 
    Ikkala tomon ham o’ch olish niyatida masalani salbiy hal qilishga 
    harakat qiladi. Bunday sharoit esa ishlab chiqarishga, jamoaga va pirovardida 
    davlatga katta ziyon keltirishi mumkin. Yoki yana bir holat: korxonadagi ikki 
    yoki undan ko’proq shaxslar (tanish-bilishlar, qarindoshlar) o’zaro kelishib, 
    qonuniy echimi bo’lmagan masalani ijobiy hal qilishlari mumkin. Shuning 
    uchun rahbarlar yoki rahbarlar bilan unga bo’ysinuvchi xodimlar orasidagi 
    xususiy munosabatlar qanday bo’lishidan qat’i nazar, muammolar ishlab 
    chiqarish, jamoa va davlat manfaatlarini ko’zda tutgan holda echilishi, ya’ni 
    obyektiv echilishi lozim. Xususiy munosabatlar yoki xafagarchiliklar ishlab 
    chiqarish manfaatlariga hech qanday salbiy ta’sir o’tkazmasligi kerak. 
    Qabul qilinadigan qarorlarning ilmiyligiga kelganimizda, bu masala 
    rahbarning bilimdonligiga chambarchas bog’liqdir. Agar rahbarlarning 
    bilimdonligi qancha yuqori bo’lsa u o’zining bilimlarini fan, texnika, ilg’or 
    amaliyotning yutuqlari bilan boyitsa va ular rahbarning qabul qilayotgan 
    qarorlarida o’z aksini topsa, bunday qarorlar to’g’ri va haqiqiy bo’ladi. Ilm 
    asosida qabul qilingan qarorlar ijobiy natijaga, ilm-fan, texnika va ilg’or 
    amaliyot yutuqlariga tayanmagan qarorlar esa ko’pincha salbiy natijaga olib 
    keladi. Ilmiy boshqarish subyektivizmning kushandasidir. Ilmiy boshqarish 
    jamiyatning obyektiv rivojlanish qonunlari, boshqarishning qonuniyatlari va 
    bashoratlashni tahlil qilish natijalari asosida amalga oshiriladi. Ayniqsa, hozirgi 
    paytda ishlab chiqarish va boshqarishda faoliyat ko’rsatayotgan hamma 
    bo’g’inlarning rahbarlari texnika, texnologiya, iqtisodiyot, ishlab chiqarishni 
    zamon talablari aso-sida uyushtirish, boshqarish qonuniyatlari, tamoyillari, 
    vositalari va usullarini hamma vaqtdagidan farqli o’laroq, yaxshi bilishlari shart. 
    Bu qonuniyatlarning amaliyotdagi o’rni rahbar zamonaviy ilmlar majmuasiga 
    tayanib jamoa va ishlab chiqarishni boshqarishidadir. 
    Xodimlarni tanlash, jamiyat va boshqarishning hamma bo’g’inlarida 
    siyosiy jihatdan etuk, har tomonlama ish biladigan, qobiliyatli rahbarlar boshliq 
    bo’lishini nazarda tutadi. Hozirgi kungacha «hamma narsani ka-drlar hal qiladi» 
    degan ibora o’z kuchini yo’qotgani yo’q. 


    73 
    Kadrlarning ish samarasini oshirish, ularga shaxsiy yondashish aso-sida 
    bo’lib, kadrlardan butun kuch va energiyasini berib ishlashni taqozo etadi. 
    Xodimlarning ish faoliyatini ularning haqiqiy (mavjud) natijalar bilan 
    baholash asosiy mezon bo’lmog’i zarur va shunday hamdir. Kadrlarni to’g’ri 
    joylashtirish, ularning tajriba, ilm va xususiy sifatlaridan to’liq foydalana bilish 
    rahbarning asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Kadrlarga bo’lgan mehribonlik 
    va talabchanlik, ish foydasi, qo’yilgan masalalarni aniq va tezkorlik bilan hal 
    qilish doirasida bo’lishi va ularga bo’ysunishi kerak. Kishilarga bo’lgan 
    talabchanlik, tanbeh berish qo’pollikka, odobsizlikka, mayda-chuyda 
    tiqilinchlarga 
    aylanmasdan 
    mehribonlik 
    va 
    odoblik 
    bilan 
    ularning 
    kamchiliklarini va kuchlik to-monlarini ko’rsatishdan iboratdir. Rahbarlarga 
    rezerv (zaxira) tayyorlash kelajak uchun zamin tayyorlashdir.Shuning uchun 
    ham ularning ishbilarmonlik, siyosiy, ma’naviy sifatlariga e’tibor bergan holda, 
    ularni konkret ishlab chiqarish, jamoaviy topshiriqlarda tekshirish, kerakli 
    lavozimlarda stajirovkalar uyushtirish zarurdir. 
    Shular bilan bir qatorda rezerv kadrlarda nazariy bilimlarini oshirish, 
    ishbilarmonlik xususiyatlarini, siyosiy va ma’naviy etukligini, yergashtira olish, 
    qiladigan takliflarini shakllantirish kadrlar tayyor-lashdagi asosiy maqsadlardan 
    biri bo’lishi kerak. Jamiyatimizning tezkorlik bilan rivoj-lanishida kadrlarni 
    tanlash, joy-joyiga qo’yish, ularni tarbiyalash katta ahamiyatga egadir. 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   180




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yechilayotgan masalalar zanjirida asosiy bo’ginni aniqlay olish

    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish