100
gapiradilar. Kattalar tomonidan diqqat mana shunday yo’llar bilan o’sib boradi.
3-5 yoshlardan boshlab esa diqqat bolaning o’z tashabbusi bilan usa boshlaydi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning o’sishida o’yin katta
ahamiyatga egadir. Chunki o’yin qoidalarini va etaplarini bilib olish uchun bola
unga ixtiyoriy diqqat bilan razm solib turishi lozim. Bundan tashqari, uydagi
ba’zi bir ishlarga qatnashtirish, o’z-o’ziga xizmat qilish kabilar ham ixtiyoriy
diqqatni o’sishiga yordam beradi.
Maktab yoshidan boshlab esa ixtiyoriy diqqat juda tez o’sa boshlaydi.
O’qish ishida – darsni eshitish, kitob o’qish, masalalarni yechishda ixtiyoriy
diqqat talab qilinadi. Bundan tashqari, o’qish ixtiyoriy diqqatni o’stirib
qolmasdan, balki uning kuchi, barqarorligini o’sishiga ham yordam beradi.
Iroda diqqatning barqarorligi va kuchini saqlab turuvchi asosiy faktordir.
Shuning uchun diqqatga doir bu sifatlarning keyingi taraqqiyoti ham iroda
taraqqiyoti bilan bog’liqdir.