• 1. Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va xususiyatlari . Diqqat
  • "psixologiya"




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/180
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231480
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   180
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Tayanch so’z va iboralar:
    diqqat, induksiya, optimal uchoq, dominanta, subdominanta, diqqatning 
    ko’lami, diqqatning taqsimlanishi, diqqat kuchi, diqqatning ko’chishi,
    diqqatning tebranishi, parishonlik. sezgi, sezgirlik, adaptasiya, sinesteziya, 
    analizator, reseptor, sensibilizasiya, konpersatorlik, idrok, konstantlik,
    appersepsiya, illyuziya, gallyusinasiya, perseptiv idrok, ko’ruv xotirasi,
    xotira tasavvuri, mexanik xotira, fenomenal xotira, esda qoldirish, esda 
    saqlash, unitish, tanish, eslash, obrazli xotira, emosional xotira, mantiqiy 
    xotira

    Asosiy savollar : 
    1.Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va 
    xususiyatlari.
    2.Sezgi va ularning ahamiyati, klassifikasiyasi va qonuniyatlari.
    3.Idrok to’g’risida tushuncha. Idrokning xususiyatlari va turlari.
    4.Xotira. Xotira to’g’risida tushuncha. Xotira jarayonlari va turlari. Xotira 
    va faoliyat.
    1. Diqqat to’g’risida tushuncha. Diqqat va faoliyat. Diqqat turlari va 
    xususiyatlari

    Diqqat – 
    psixik faoliyatning yo’naltirilishi va shaxs uchun ahamiyatli 
    bo’lgan obyekt ustida tuplanishdir. Yo’naltirilishi deganda psixik faoliyatining 
    tanlovchilik xarakteri, obyektni ixtiyoriy yoki beixtiyoriy tanlash tushuniladi.
    O’quvchi maktabda o’qituvchining tushuntirishlariga quloq solayotganda, mana 
    shu eshitish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, o’z diqqatini etishish 
    faoliyatiga ongli ravishda qaratgan bo’ladi. O’quvchining biror boshqa narsaga 
    chalg’imasdan, o’quv materialining mazmuniga zehn qo’yib o’tirishida uning 
    diqqatini yo’nalishi ifodalanadi. 
    Psixik faoliyatning yo’naltirilishi deganda faqat ana shu faoliyatni tanlash 
    tushunilib qolmay, balki ana shu tanlaganini saqlab qolish va qo’llab – 
    quvvatlash ham tushuniladi.
    Diqqat psixik faoliyatining yo’naltirilishi bilan birga uning to’planishini 
    taqozo qiladi. Psixik faoliyatning bir joyga to’planishi – mazkur faoliyatga Hech 
    qanday aloqasi bo’lmagan hamma boshqa narsalardan diqqatni chalg’itish 
    demakdir. Diqqatning bir joyga to’planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay 
    berilish, unga ozmi – ko’pmi chuqur e’tibor berish tushuniladi.


    97 
    Diqqat har kanday faoliyatning muhim shartidir. Diqqatsiz hatto eng 
    oddiy ishlarni ham bajarish mumkin emas. Diqqat mehnatning barcha 
    jarayonida, ijodiy faoliyatda, o’qishda ayniqsa katta ahamiyatga ega.
    K.D.Ushinskiy «Diqqat ruxiy hayotimizning shunday yagona bir eshigidirki,
    ongizgizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi», - deb 
    yozgan edi.
    Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I. P Pavlovning yozishicha 
    oriyentirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham 
    atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko’zg’alishi va 
    miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog’liqdir.
    I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv prosesslarining induksiyasi 
    qonuni diqqatining fiziologik asoslarini tushunib olish uchun muhim ahamiyatga 
    egadir. Mana shu qonunga muvofiq bosh miya po’stining bir joyida paydo 
    bo’lgan ko’zg’alish bosh miya po’stining boshqa joylarida tormozlanshni 
    yuzaga keltiradi. Va aksincha, bosh miya po’stining ayrim bir joyida yuzaga 
    kelgan tormozlanish bosh miya po’stining boshka joylarida kuchli ko’zg’alishni 
    paydo bo’lishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya po’stida 
    ko’zg’alish uchun optimal, ya’ni nihoyatda qulayligi bilan xarakterlanuvchi 
    kuchli ko’zg’alish o’chog’i mavjud bo’ladi.
    A. A. Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   180




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish