• Umumlashtirish
  • Tafakkur shakllari.
  • "psixologiya"




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/180
    Sana14.05.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #231480
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Taqqoslash
    – shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon vositasi bilan 
    obyektiv dunyodagi narsa va xodisalarning bir – biriga o’xshashligi yoki bir – 
    biridan farqi aniqlanadi.
    Abstraksiyalash shunday bir tafakkur jarayoniki, bu jarayon yordami bilan 
    moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib,
    ana shu xususiyatlardan narsa va xodisalarning muhim bo’lmagan ikkinchi 
    darajali xususityalarini fikran ajratib tashlaymiz.
    Umumlashtirish
    deganda psixologiyada narsa va xodisalardagi xossa, belgi,
    xususiyat, alomatlarni topish va shu umumiylik asosida ularni birlashtirish 
    tushuniladi.


    121 
    Umumiy, mavxum belgi va xususiyatlarni yakka, yolgiz obyektlarga tadbiq 
    qilish konkretlashtirish deyiladi. Bundan tashqari, mavxum tushunchalarni 
    konkret predmetlarga bog’lash ham konkretlashtirish bo’lib hisoblanadi. 
    Fanda narsa va xodisalarning tabiatini ifodalovchi muayyan belgi asosida 
    qilingan fikr yuritishni
    klassifikasiya 
    deb atash qabul qilingan. 
    Klassifikasiya qilishning yakuni sistemalashtirish bo’lib hisoblanadi.
    Sistemalashtirishga kutubxonadagi kitoblarning joylanishi misol bo’la oladi.
    Masalan, kutubxonada pedagogikaga oid adabiyotlar bir tomonda,
    psixologiyaga oidlari yana bir tomonda joylashgan bo’ladi. Sistemalashtirish 
    inson ishini osonlashtiradi. Natijada kishi nimani qayerdan izlashni biladi.
    Turmushda har qadamda sistemalashtirishni ko’rishimiz mumkin. 
    Tafakkur shakllari. 
    Tafakkur shakllariga hukm, tushuncha va xulosa 
    chiqarish kiradi. Narsa va xodisalarning belgi va xususiyatlari xaqida tasdiqlab 
    yoki inkor qilib aytilgan fikr 
    hukm
     
    deb aytiladi. Masalan, bahorda daraxtlar 
    barg yozadi.
    Borlikdagi narsalar, xodisalar va voqyelikning miqdoriga, ularning biror 
    hukmda aks etishi va aloqa hamda munosabatlariga qarab ular quyidagi turlarga 
    bo’linadi: 
    1.
    Tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm.
    2.
    Yakka, jo’z’iy va umumiy hukm.
    3.
    Shartli, ayiruvchi va qat’iy hukm.
    4.
    Taxminiy hukm.
    Narsa bilan belgining aloqasi aks etgan hukm 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   180




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish