SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot strategiyasini, o‘zbek
xalqining buyuk davlat barpo etish borasidagi maqsadlari va milliy istiqlol
mafkurasining mohiyatini talabalar qalbi va ongiga singdirish ta’lim-tarbiyaning
asosiy maqsadidir. Qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, korxona va
tashkilotlarda ishlovchi malakali muhandislar tayyorlash jarayonida ta’lim
mazmunini milliy istiqlol g‘oyalari bilan to‘ldirish lozim bo‘ladi.
Elektr xavfsizligi fanidan tayyorlangan ushbu amaliy mashg‘ulotlar uchun
uslubiy ko‘rsatma Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashga mo‘ljallangan. Fanning ishchi dasturi asosidagi
mavzularga mos holda tayyorlangan ushbu uslubiy ko‘rsatma ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha bakalavrlar tayyorlashda ishtirok etayotgan ko‘plab yirik oliy o‘quv
yurtlarining hayotiy faoliyat xavfsizligi kafedralarining tajribalari asosida qo‘llanib
kelingan dasturlar, tavsiyalar, me’yoriy hujjatlar asosida tayyorlangan tegishli
uslubiy ko‘rsatmalari o‘rganib chiqilgan va bakalavrlarga qo‘yilgan talablar asos
qilib olingan.
Fan o‘qitilishining maqsadi - talabalarga elektr tokidan foydalanishda
yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini,
oqibatlarini va ularni bartaraf etish choralari, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish,
ularni nazariy jihatdan yondashilib amalga oshirilishni, elektr qurilmalari,
uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik xizmat ko‘rsatganda va
ta’mirlashda ko‘riladigan asosiy xavfsizlik texnikasi talablarini o‘rgatishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikmalar, hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv, ishlab chiqarish
faoliyatida yuzaga keladigan xavflar va ularni o‘rganish; ishlab chiqarish
jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish; ishlab chiqarishda elektr
toki xavfi va elektr qurilmalarining himoya vositalari, tokdan shikastlanishda
birinchi tibbiy yordam to‘g‘risida tasavvur uyg‘otadi hamda ilmiy
dunyoqarashini shakillantirish vazifalarini bajaradi. SHunga ko‘ra nazariy
bilimlarni talabalar ongiga singdirishda ushbu fanga doir mavzular kesimidagi
tushunchalarni amaliy mashg‘ulotlar bilan bir tizim holiga keltirib tayorlangan
ushbu amaliy mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatma har bir talaba
uchun, qolaversa shu fandan dars mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchilar
foydalanishlariga mo‘ljallangan.