Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismgacha yaqinlashish mumkin




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismgacha yaqinlashish mumkin 
bo‘lgan masofa, (m) 
 
 
Kuchlanish, (kV) 
Odamlar 
va 
ular 
qo‘llaydigan 
asbob- 
uskunalardan 
vaqtincha 
to‘siq, tok o‘tkazuvchi 
qismlarigacha 
bo‘lgan 
masofa, (m) 
YUk changallovchi moslamalar, 
ishchi 
ѐki transport holatida 
bo‘lgan yuk ko‘tarish mashina va 
mexanizmlar bilan tok 
o‘tkazuvchi qismlar orasidagi 
masofa, (m) 
1 kV gacha bo‘lgan 
havo elektr uzatish 
tarmog‘i uchun 
 
0,6 
 
1,0 
Boshqa elektr 
uskunalari uchun 
cheklanmaydi, (tegish 
mumkin emas) 
1,0 
6-35 
0,6 
1,0 
110 
1,0 
1,5 
220 
2,0 
2,5 
330 
2,5 
3,5 
500 
3,5 
4,5 
750 
5,0 
6,0 
1150 
8,0 
10,0 
 
Eslatma: 
Ushbu jadvalda, hamda bundan keyingi texnika xavfsizligining qoidalari 
jumlalarida, 3 kV kuchlanishli elektr uskunalarini 6 kV kuchlanishli elektr uskunalariga 
tenglashtiriladi, kuchlanishi 20 kV elektr uskunalarini 35 kV ga, 60 kV elektr uskunalarini 
esa, 110 kV ga tenglashtiriladi. 
Kommutatsion apparatlar bilan jihozlanmagan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan shchit va 
yig‘ilmalarda o‘rnatilgan saqlagichlar ustma-ust, fazalar vertikal joylashgan bo‘lsa, 
saqlagichni olish va qo‘yish jaraѐni iste’molchini elektr energiya manbasini o‘chirmasdan 
turib, kuchlanish ostida almashtirishga ruxsat etiladi. Bunday paytda ko‘zni himoya qilish 
vositasi o‘rniga, yuzni (betni) himoya qilish vositasidan foydalanish tavsiya etiladi. 
Ish olib borilaѐtgan elektr uskuna xonasidan tashqari, barcha qo‘shimcha xonalar, xona, 
shchit va yig‘ilmalarning eshiklari qulflangan bo‘lishi kerak. 
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskuna (ѐpiq komplekt, ochiq taqsimlovchi 
elektr uskunaning xona va xonalari), hamda 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr 
uskuna tashqarisida joylashgan 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan shchit, hamda elektr 
uskuna shchiti va yig‘ilmalarining kalitlari navbatchida bo‘lishi shart. Navbatchi 
bo‘lmaganda elektr uskunalarning kalitlari ma’muriy-texnik xodimda bo‘lishi kerak. 
Har bir kalit nomerlangan bo‘lishi shart. Kalitlarning bir nusxasi zaxirada saqlanishi kerak. 
Kalitlar tilxat bilan quyidagi xodimlarga berilishi mumkin: 
-
barcha xonalarni yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlarga; 
-
ish olib borilishi uchun ajratilgan xona kaliti, faqat tezkor- ta’mirlovchi 
xodimlar ichidan ajratilgan ishlashga ijozat beruvchi shaxsga, ish rahbari va 
ishboshiga, nazorat qiluvchiga beriladi; 
Har kuni ish tugaganidan va elektr uskuna ko‘rib chiqilgandan so‘ng, kalitlar albatta 
qaytarib topshirilishi kerak. Navbatchi bo‘lmagan elektr uskunada ish olib borilganda, 
ushbu elektr uskuna joylashgan xona kaliti ko‘rib chiqilganidan ѐki ish to‘liq 
tugallanganidan so‘ng, uzog‘i bilan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan topshirilishi 
zarur. 


Elektr uskuna joylashgan xona kalitini uzoq muddatga berish, elektr tarmog‘i 
korxonasining taqsimlovchi elektr uskunalarida tezkor o‘chirish-ѐqish huquqiga ega 
bo‘lgan iste’molchi xodimiga, hamda yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan 
navbatchiga, tezkor-ta’mirlash va ma’muriy-texnik xodimlarga berish zaruratini korxona 
bosh muhandisi belgilaydi. 
Kalitni olish va qaytarish jaraѐni istalgan shakldagi ish jurnali ѐki tezkor-dispetcherlik 
jurnallarida qayd qilinishi kerak. 
Elektr toki ta’siriga tushib, jarohatlanuvchini qutqarish uchun elektr uskunadan 
kuchlanishni olish ruxsatsiz bajarilishi mumkin. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismgacha yaqinlashish mumkin

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish