• Izolyasiyalovchi qoplamalar
  • Izolyasiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlar




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

     
    Izolyasiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlar 
    3.1.45. Izolyasiyalovchi tagliklami qabul qilish-topshirish sinovlari ularga o‘rnatilgan 
    tayanch izolyatorlarini 36 kV kuchlanish bilan sinashdan iboratdir. Izolyasiyalovchi tagliklaming 
    tayanch izolyatorlarini alohida yoki taglik bilan birgalikda sinash mumkin. Bunda hamma 
    izolyatorlaming metall qalpoqchalari bir-biri bilan hamda izolyatorlaming asoslari bir-biri bilan 
    ulangan bo‘lishi zarur. Sinov kuchlanishi qalpoqchalarga va izolyatorlar asosiga beriladi. 
    3.1.46. Sinov jarayonida izolyatorlarning holati kuzatib turilishi lozim; agar izolyator 
    yuzasida sirg‘anuvchi razryadlar yoki elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tish bo‘lsa, 
    izolyasiyalovchi taglik yaroqsizga chiqariladi. 
    Sinovdan so‘ng tayanch izolyatorlar asosiga ulaming sinalganligi to‘g‘risida shtamp 
    bosiladi. YAroqsizga chiqarilgan izolyatorlar almashtiriladi. 
    3.1.47. Dielektrik gilamlami qabul qilish-topshirish sinovlari GOST ga asosan 
    o‘tkaziladi. 
    3.1.48. Taglik va gilamlar ishlatish jarayonida elektr sinovlaridan o‘tkazilmaydi. Ular 
    ko‘zdan kechirish jarayonida yaroqsizga chiqariladi. Gilmlar kamida har 6 oyda bir marta 
    chiqindilardan tozalanishi va ko‘zdan kechirilishi lozim. Agar teshiklar, yirtilgan joylar va shunga 
    o‘xshash nosozliklar aniqlansa, ushbu himoya vositasi yangisi bilan almashtirilishi lozim. 
    Tagliklar har 3 yilda 1 marta ko‘zdan kechiriladi. 
    Izolyasiyalovchi qoplamalar 
    3.1.49. 3 — 10 kV kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qattiq 
    elektroizolyasiyalovchi materiallardan tayyorlangan mustahkam izolyasiyalovchi qoplamalar 20 
    kV kuchlanish bilan, 15 kV kuchlanishli elektr uskunalarida 30 kV kuchlanish bilan, 20 kV 
    kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘llaniladigan qoplamalar 40 kV kuchlanish bilan sinaladi. 
    Sinov davom etish muddati 5 minut. 
    3.1.50. Qoplamalaming elektr chidamliligini sinash uchun avval ulami chetlari qoplama 
    chetlariga 50 mm etmagan plastinkasimon ikkita elektrodlar orasiga o‘rnatiladi, keyin qoplamalar 
    elektrodlar orasiga turli tomonlari bo‘yicha joylashtiriladi, bunda elektrodlar orasidagi masofa 
    ma’lum kuchlanishda ishlatiladigan ajratgichlarning qutblari orasidagi masofadan ortiq bo‘lishi 
    kerak emas. 
    Tayanch so‘z va iboralar: 
    O‘zgaruvchan zanjir, EYUK, elektrotexnika, kuchlanish, tok kuchi, qarshilik, 
    izloyasiyalovchi taglik, dielektrik gilam, izolyasiyalovchi taglik, yaroqsizlik, elektr yoy.
     
     
    Sinov savollari: 
    1.Izolyatorlarning vazifasi nimadan iborat? 
    2.O‘zgaruvchan tokning uzgarmas tokdan farqi nimada? 
    3. Uch fazali zanjirlarga iste’molchilarni ulashning qanday usullari mavjud? 
    4. Qisqa tutashuv rejimi deganda nimani tushunasiz? 
    5. Izolyasiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlarning vazifasi nimadan iborat? 

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Izolyasiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlar

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish