6–ma’ruza. TEZKOR XIZMAT KO‘RSATISH VA ISHLARNI
BAJARISH
1. Tezkor xizmat ko‘rsatish.
2.
Ishni bajarish tartibi.
3.Ishlarni
boshidan oxirigacha xavfsiz
bajarish
bo‘yicha ma’sul
shaxslar.
4.
Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalari.
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat qiluvchi navbatchi
ѐki tezkor-ta’mirlash xodimi, shuningdek navbatchilik qilaѐtgan katta navbatchi
elektr
xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga, qolgan xodimlar esa III guruhga ega bo‘lishi shart. 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan, elektr uskunalarda yakka o‘zi xizmat qiluvchi navbatchi ѐki
tezkor-
ta’mirlash xodimi III guruhga ega bo‘lishi kerak. Kuchlanish ostida bo‘lgan, elektr uskunani
to‘siqsiz tok o‘tkazuvchi qismiga
1-jadvalda
qayd etilganidan kam masofaga yuk ko‘taruvchi va
boshqa mashina-mexanizmlarning, hamda shaxslarning yaqinlashi- shi man etiladi.
Elektrstansiya va podstansiya elektr uskunalarini yakka o‘zi ko‘rib chiqishni, elektr
xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan, navbatchi ѐki tezkor-ta’mirlash xodimi ѐki V
guruhga ega bo‘lgan, ma’muriy-texnik xodim ѐki korxona rahbariyati bajarishi mumkin.
Elektrotexnikaga aloqasi bo‘lmagan xodimlar elektrstansiya
va podstansiya elektr
uskunalarini ko‘rib chiqishni va ekskursiyani, korxona ma’muriyatining ruxsati bo‘lgan, yakka
o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan, IV guruhli xodim nazorati ostida o‘tkazishi mumkin.
Elektr uskunalarida xizmat qilmaydigan xodim elektr uskunaga navbatchi ѐki tezkor-ta’mirlash
xodimi ѐxud, yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan, xodim hamrohligida ijozat berib
kirgizilishi mumkin.
Nazoratchi xodim elektr uskunada ishlashga ruxsat etilgan ishchi xavfsizligini to‘la ta’minlashi,
hamda tok o‘tkazuvchi qismiga mutlaqo yaqinlashmaslik haqida ogohlantirishi kerak.
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan, elektr uskunalarni ko‘rib chiqish paytida tok o‘tkazuvchi
qismlari
1-jadvalda
ko‘rsatilgandan kam masofaga yaqinlashishga qarshi qo‘yiladigan to‘siqlar
bilan jihozlanmagan xonalarga kirish man etiladi. 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan, elektr
uskunani ko‘rib chiqishda shchit, elektr uskuna, o‘lchov
asbobi joylashgan shkaf, boshqaruv
pulti va boshqa uskunalar eshigini ochishga ruxsat etiladi. Elektr uskunani ko‘rib chiqish
jaraѐnida biror-bir ishni bajarish man qilinadi.
6-35 kV kuchlanishli elektr uskunada erga tutashish sodir bo‘lsa, xodimlarni ѐpiq taqsimlovchi
elektr uskunada 4-metrdan, ochiq taqsimlovchi elektr uskuna va uzatish tarmog‘ida 8-metrdan
kam masofaga yaqinlashishga faqat tarmoqni tezda o‘chirish, iste’molchini boshqa tarmoqdan
ulash, hamda kuchlanish ta’siriga tushib qolgan shaxsni qutqarish uchun ruxsat etiladi. Bunday
hollarda, elektr uskunada ishlatiladigan himoya vositalaridan foydalanish zarur.
Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan ajratgich (raz’edinitel), bo‘lgich (otdelitel), hamda
o‘chirgich (vыklyuchatel) uskunalarini o‘chirish va ѐqishda dielektrik qo‘lqopdan foydalanish
kerak. Saqlagichni qo‘yish va olishda ushbu tarmoqdan kuchlanishni o‘chirish shart.
Elektr tarmog‘idan kuchlanishni olib tashlovchi kommutatsion apparatlar o‘rnatilmagan elektr
qurilmalarda, saqlagichni kuchlanish ostida olish va qo‘yish, shu tarmoqqa ulangan
iste’molchini manbadan o‘chirilgan taqdirda, ruxsat etiladi.
Ikkilamchi zanjir va ѐritish tarmoqlarida, kuchlanish transformatori- da elektr energiya
manbasini o‘chirmasdan va kuchlanish ostida, saqlagichni almashtirishga ruxsat etiladi.
Kuchlanish ostida saqlagichni almashtirish kerak bo‘lib qolsa, quyidagi
himoya vositalaridan
foydalanish zarur:
-
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqop va
himoya ko‘zoynagini qo‘llagan, holda ombir (shtanga) dan;
-
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarda izolyasiyalangan ombir ѐki
dielektrik qo‘lqop va himoya ko‘zoynagidan;