|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa5059782.
Naryad-ijozat to‘ldirish haqida ko‘rsatma
Naryad-ijozat to‘ldirish haqida ko‘rsatmalar quyidagi tartibda
beriladi:
1.
Naryaddagi ѐzuvlar aniq bo‘lishi kerak. Naryadni qalam bilan
to‘ldirish va matnlarga tuzatishlar kiritish man qilinadi.
2.
Naryadlarni tartib raqami bilan belgilashni korxona rahbariyati
o‘rnatadi.
3.
Sana ѐzilaѐtganda avval kun, keyin oy va so‘ngida yilning oxirgi
ikki soni ko‘rsatiladi,
masalan
, 02.11.14.
4.
Naryadda ko‘rsatilaѐtgan shaxsning familiyasidan tashqari uning
ism- sharifi va elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi ѐziladi.
5.
Naryadda elektr uskunalar, ulamalar va jihozlarning dispetcherlik
nomi (belgisi) ko‘rsatiladi.
6.
Agar naryadni to‘ldirishda jadvaldagi bo‘sh qatorlarga va matnga
ѐzish uchun joy etmasa, ѐzuvni davom ettirish uchun naryad beruvchining imzosi,
hamda naryadning asosiy nusxasidagi tartib raqami bilan, unga qo‘shimcha naryad
blanki biriktiriladi. Bunda naryadning asosiy blankidagi jadvallarning oxirgi
qatoriga ѐki ѐzuvni davom ettirish kerak bo‘lgan matni oxirida,
«Qo‘shimcha naryadga qaralsin»
degan ѐzuv ѐzilishi kerak.
7.
«Bo‘linma»
deb, ko‘rsatilgan qatorga elektr uskunada ish olib
borish lozim bo‘lgan korxonaning bo‘limi (sex, tuman, uchastka) ko‘rsatiladi.
8.
Ish rahbari tayinlanmay bajariladigan ishlarda
«Ish rahbari»
degan, qatorga
«Tayinlanmaydi»
deb ѐzib qo‘yiladi.
9.
«Ijozat etuvchi»
degan qatorda, tezkor-ta’mirlash xodimlari ѐki
ishboshi tarafidan ijozat etuvchi huquqini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajarishga
ta’mirlash xodimlaridan tayinlangan shaxsning familiyasi ko‘rsatiladi.
Elektr uskunalarida ijozat etuvchi vazifasini navbatchi bajaradigan bo‘lsa,
|
| |