kuchlanishli ochiq taqsimlovchi uskuna, I va II shinalar tizmasi orasidagi
o‘chirgich, o‘chirgich izolyatorlarini almashtirish. Texnika xavfsizligi
qoidalariga asosan bajariladigan ishlarda, faqat elektr uskuna nomi va ish
mazmunini ko‘rsatish mumkin;
Havo elektr uzatish tarmoqlarida ushbu tarmoqning nomi va ish bajarilishi kerak
bo‘lgan maydon chegarasi (ustunlar tartib raqami ko‘rsatilib, qaysi ustunlarda ѐki
ustunlar oralig‘ida ish olib borilishi, qaysi ustunlar oralig‘idagi simlarda ishlash,
masalan: oxirgi ustun bilan ochiq taqsimlovchi elektr uskunasi portali orasidagi
simda va sh.o‘.), hamda ishning mazmuni ko‘rsatiladi, masalan, 500 kV
kuchlanishli Surxon-G‘uzor havo elektr uzatish tarmog‘ida 120-150 ustunlar
simlarini tortish. Ko‘pzanjirli havo elektr uzatish tarmoqlarida qo‘shimcha
zanjirning nomi, fazama-faza ta’mirlashda esa, ustunlarda fazalarning joylashishi
ko‘rsatilishi zarur.