|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978«Alohida ko‘rsatmalar»
deb qayd etilgan satriga ѐzib qo‘yilishi kerak.
Nazorat qiluvchi shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan ishchidan
tayinlanishi mumkin.
Har bir brigada a’zosi texnika xavfsizligi qoidalarining talablarini, ishlashga ijozat
berish paytidagi va ish jaraѐnida olgan yo‘riqnoma, hamda mehnatni muhofaza
qilish bo‘yicha mahalliy yo‘riqnoma talablarini bajarishi shart.
Korxona rahbarining ѐzma ko‘rsatmasi bilan o‘z ishchilariga qo‘yidagi huquqlarni
berish rasmiylashtiriladi: naryad, farmoyish beruvchi, ish rahbari, ishboshi,
ishlashga ijozat beruvchi (tezkor-ta’mirlash xodimidan), shuningdek elektr uskunani
yakka o‘zi ko‘rib chiqish huquqiga ega bo‘lgan xodimlar. Javobgar shaxslar
o‘rindoshlik yo‘li bilan
2-jadvaldagi
qo‘shimcha vazifalarning birini bajarishlari
mumkin.
Ish joyini tayѐrlashda havo elektr tarmog‘ida kommutatsion apparatlardan
foydalanmasdan faqat kuchlanish bor yo‘qligini tekshirish va ko‘chma erga
ulagichni qo‘yish kerak bo‘lgan hollarda, ish rahbari ѐki ta’mirlash brigadasidan
tayinlangan ishboshi o‘rindoshlik bilan ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini
bajarishi mumkin.
Sinov savollari:
1.
Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarida kimlar
ishlashi mumkin?
2.
Kuchlanash ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi qismlarda qancha masofaga
yaqinlashish mumkin?
3.
Kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr qurilmalarning
saqlagichlarini almashtirish bo‘yicha vazifalarni tushuntiring.
4.
OTQ (ORU) va YOTQ (ZRU) da erga qisqa tutashuv sodir bo‘lganda,
ishchi- xodimlarning yaqinlashish masofasi qancha?
5.
Tezkor almashtirib ulashning o‘tkazilish jaraѐnini tushuntiring.
6.
Ishlab turgan elektr uskunalarida ishlarni bajarish tartibini tushuntirib
bering.
7.
Tashkiliy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablar qanaqa?
8.
Ishni xavfsiz olib borish uchun javobgar shaxslar, kimlardir?
9.
Ma’sul shaxslarning huquq va vazifalarini sharhlab bering.
•
Naryad va farmoyish beruvchi, ish rahbari, ish joyini tayѐrlashga va
ishlashga ijozat berishga ruxsat etuvchi, ish joyini tayѐrlovchi, ijozat
beruvchi, ishboshi, nazorat qiluvchi shaxslar va brigada a’zolarining
javobgarligini gapirib bering.
|
| |