Ijozat beruvchi shaxslarning, navbatchilardan ѐki javobgar shaxslarning o‘rindoshlik
yo‘li bilan bajarishlari mumkin bo‘lgan vazifalari shartlari bajarilgan bo‘lsa, havo elektr
uzatish tarmoqlarida ishlashga ijozat berish mustasno qilingan hollarda, tezkor-
ta’mirlash xodimlaridan tayinlanadi.
1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarda ishlashga ijozat beruvchi IV
guruhga, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarda esa ishlashga ijozat
beruvchi III guruhga ega bo‘lishi kerak.
Ishboshi quyidagilarga javob beradi:
—
tayѐrlangan ish joyi naryad ko‘rsatmasiga mos ekanligiga;
—
brigada a’zolariga berilgan yo‘riqnomaning aniq va to‘laligiga;
—
kerakli
himoya
vositalari,
asbob-uskunalar,
inventarlar
va
moslamalarning borligiga, soz, hamda etarliligiga va ulardan to‘g‘ri foydalana
bilishligiga;
—
ish joyidagi to‘siqlarni, xavfsizlik texnikasi shiorlarni va belgilarni,
berkitish uskunalarining butligini saqlashga;
—
ishni boshidan oxirigacha xavfsiz va texnika xavfsizligi qoidalariga
asosan bajarilishiga javob beradi.