Naryad bilan 1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunada ishboshi
elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga, 1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr
uskunada esa III guruhga ega bo‘lishi shart.
Zararli gazlar paydo bo‘lish xavfi bor er osti inshootlarida va kuchlanish
ostida bajariladigan ishlarda esa, ishboshi IV guruhga ega bo‘lishi kerak.
Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‘rsatilgan hollardan tashqari barcha elektr
uskunada farmoyish bilan ish olib borishda, ishboshi elektr xavfsizligi bo‘yicha
III guruhga ega bo‘lishi mumkin.
Elektr uskunada mustaqil ishlash huquqiga ega bo‘lmagan brigada ishchilari
ustidan nazorat olib borish uchun nazorat qiluvchi shaxs tayinlanishi kerak.
Nazorat qiluvchi quyidagilarga javob beradi:
—
tayѐrlangan ish joyi naryad ko‘rsatmasiga mos ekanligiga;
—
ish joyiga qo‘yilgan erga ulagich, to‘siqlar, xavfsizlik shiorlari va
belgilari, hamda o‘chirgich uzatkichlari qulflarining but saqlanishiga;
—
ish olib boraѐtgan brigada a’zolarining tok ta’siri xavfidan saqlashga;
Ish jaraѐni bilan bog‘liq xavfsizlikka javobgar shaxs, shu brigada boshqaruvchisi
bo‘lib, brigada tarkibiga va doimo ish joyida bo‘lishi shart. Uning familiyasi
naryadning