almashtirish imkoni bo‘lmasa, ishboshi brigadani ish joyidan chiqarib yuborishi shart
(taqsimlovchi uskuna joylashgan hududdan ular chiqarilib, xodimlar elektr tarmog‘i
tayanchidan tushiriladi, eshiklar qulflanadi va hokazo).
Ishboshi almashtirilganda, u naryadni o‘z o‘rniga vaqtinchalik
qoldirilgan xodimga
berib ketishi kerak.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunada farmoyish bilan ish bajarilaѐtgan
bo‘lsa, ishboshining qisqa muddatga ketishiga ruxsat beriladi. Bunday paytda
brigadaning elektr xavfsizligi bo‘yicha guruhi III bo‘lgan bir ѐki bir necha a’zolari ish
joyida qolib ishni davom ettirishlari mumkin. Ishboshining ruxsati bilan brigada
a’zolaridan biri ѐki bir nechtasi ish joylaridan vaqtinchalik ketishlari mumkin. Bunda,
ularni brigada tarkibidan chiqarish talab qilinmaydi. 1000 V kuchlanishdan yuqori
bo‘lgan elektr uskunada ish joyida qolgan brigada a’zolarining soni,
ishboshi bilan
hisoblanganda ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhi ega bo‘lgan brigada a’zolari taqsimlovchi uskuna
joylashgan xonadan mustaqil chiqib, yana ish joyiga qaytib kelishi mumkin.
I va II guruhga ega bo‘lgan brigada a’zolari esa, faqat III guruhga ega bo‘lgan brigada
a’zosi ѐki elektr uskunaga yakka o‘zi kirib chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxs
hamrohligida chiqib, yana ish joyiga qaytib kelishlari mumkin. Taqsimlovchi uskunalar
joylashgan xonadan chiqib ketishda eshikni ochiq, qulflamagan holda tashlab ketish
man qilinadi.
Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat ishboshining ruxsati
bilan ishga tushishlari
mumkin. Agar elektr uskuna joylashgan xonani qulflashni iloji bo‘lmasa, ishboshi
qaytguniga qadar brigada a’zolari ish joyini tashlab ketishga haqlari yo‘q.
Amaldagi talablarni buzish hollari aniqlanganda ѐki ishlaѐtgan ishchilar haѐtiga xavf
tug‘diruvchi holat sezilganda, darhol brigada ish joyidan chiqarilishi va ishboshidan
naryad olib qo‘yilishi kerak. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilingandan so‘ng,
birinchi bor ishga ijozat berish qoidasi
talablarini bajargan holda, yangidan ishga
qo‘yish mumkin.