Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

2.
 
Brigada tarkibi 
Brigadadagi ishchilar soni va uning tarkibi, ularning elektr xavfsizligi bo‘yicha 
guruhini hisobga olgan holda, ish bajarish sharoitiga, hamda brigada a’zolari ustidan 
ishboshining nazorat qilaolish imkoniyatiga qarab belgilanadi. 
Ishboshi rahbarlik qilaѐtgan brigada a’zolari II guruhga ega bo‘lishi shart. Ish 
kuchlanish ostida bajariladigan bo‘lsa, III guruhga ega bo‘lishi kerak. Texnika 
xavfsizligi qoidalariga asosan, havo elektr uzatish tarmog‘ida bajariladigan ishlar 


bundan mustasnodir. Bunday ishlarni elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhga ega 
bo‘lgan ishchilar bajarishi zarur. 
Elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruhga ega bo‘lgan har bir brigada a’zosiga I guruhga 
ega bo‘lgan bir ishchi biriktirilishi mumkin, lekin I guruhli brigada a’zolarining 
umumiy soni uch kishidan oshmasligi kerak. 
Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‘zda tutilgan ayrim ishlarni farmoyish bo‘yicha bir 
ishchi (yakka o‘zi) bajarishi mumkin. Navbatchi o‘zidan yuqoridagi navbatchining 
ruxsati bilan naryadga kiritmasdan, tezkor dispetcherlik jurnalida qayd qilib, ta’mirlash 
brigadasida ishlashga jalb qilinishi mumkin. 
Brigada tarkibini o‘zgartirish naryad beruvchi ѐki ushbu elektr uskunada ishni bajarish 
uchun naryad berish huquqiga ega bo‘lgan boshqa xodimga ruxsat etiladi. Brigada 
tarkibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatma telefon, radio ѐki chopar orqali ishlashga 
ijozat beruvchiga, ish rahbariga ѐki ishboshiga berilishi mumkin. Ular o‘z imzosi bilan 
ushbu o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bergan xodimni tasdiqlab, uning ism-
sharifi va familiyasini naryadda ѐzib qo‘yadi. 
Brigada tarkibini o‘zgartirish jaraѐnida yuqorida qayd etilgan talablarni buzilishiga yo‘l 
qo‘ymaslik kerak. 
Ishboshi brigada tarkibiga qo‘shilgan yangi ishchilarga yo‘riqnoma berishi shart. Ish 
rahbarini ѐki ishboshini almashtirilganda, hamda brigada tarkibini yarmidan ko‘proq 
qismi o‘zgartiriladigan bo‘lsa, yangi naryad berilishi lozim. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish