6.
Ish jaraѐnida tanaffus va ish tugashini rasmiylashtirish
Ish kuni mobaynidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish uchun, ish sharoiti tufayli) brigada
ish joyidan chiqarilishi, hamda taqsimlovchi elektr uskuna joylashgan xona eshigi
qulflab qo‘yilishi zarur. Naryad ishboshida qoladi.
Brigada a’zolari tanaffusdan so‘ng, ishboshisiz ish joyiga qaytishga haqli emas.
Tanaffusdan so‘ng naryadni rasmiylashtirmasdan ishboshi (nazorat qiluvchi) brigadani
ishga qo‘yadi.
Ish kuni tugaganidan so‘ng ishda tanaffus bo‘lsa, brigada ish
joyidan chetlashtirilishi
kerak. SHiorlar, to‘siq, bayroqcha va erga ulagichlar olinmaydi. Ishboshi naryadni
ishlashga ijozat bergan xodimga berishi, u yo‘q bo‘lgan
taqdirda esa, bu naryadni
maxsus ajratilgan joyga, masalan, o‘z kuchini yo‘qotmagan naryadlar jildiga solib
qoldirilishi kerak.
Mahalliy navbatchisiz
elektr uskunada esa, ishboshi ish kuni tugaganidan so‘ng,
naryadni o‘zida olib qolishiga ruxsat beriladi. Ishboshi ish tugashini naryadning
o‘zidagi nusxasida qo‘l qo‘yib rasmiylashtiradi.
Kelgusi kunlarda tayѐrlangan ish joyiga, brigadani qayta ishga qo‘yish, ishlashga ijozat
beruvchi ѐki uning ruxsati bilan ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi. Buning uchun
yuqori tezkor xodimning ijozatini olish talab qilinmaydi. Agar naryadning