Elektr uskunada naryad va farmoyish bilan ishlashga ijozat berish bevosita ish joyining
o‘zida amalga oshirilishi lozim. Farmoyish bilan ishlashda ish joyini tayѐrlash kerak
bo‘lmagan taqdirda, brigadani ishlashga ijozat berish ish joyiga borib amalga oshirilishi
shart emas, havo va kabel elektr uzatish, hamda havo aloqa tarmoqlarida esa talab
qilinmaydi.
Brigadani ishlashiga ijozat berish, ish joyining tayѐrligi tekshirilganidan so‘ng, amalga
oshiriladi. Bunda ishlashga ijozat beruvchi kuyidagilarni amalga oshirishi zarur:
-
naryad ѐki farmoyishda ko‘rsatilgan brigada qismidagi barcha
xodimlarni mosligini birma-bir shaxsiy guvohnomalariga qarab tekshirish kerak;
-
yo‘riqnoma berish (brigadani naryad va farmoyish mazmuni bilan
tanishtirish);
-
ish joyining chegarasini ko‘rsatish;
-
ish joyiga yaqin turgan, kuchlanish yo‘qligidan qat’iy nazar, ularga
yaqinlashish man qilingan joy, ta’mirlanaѐtgan va uning ѐnidagi qo‘shilish
jihozlarining tok o‘tkazuvchi qismlari, hamda uskunalarni ko‘rsatishi kerak;
-
brigadaga tarmoqdagi erga ulagichlarni qo‘yish joyini ko‘rsatish
bilan ѐki ish joyi ko‘rinmagan taqdirda, kuchlanish bor-yo‘qligini tekshirish
bilan birgalikda, iloji bo‘lsa, 35 kV va undan past kuchlanishli elektr
uskunalarda, keyinchalik tok o‘tkazuvchi qismga qo‘l tekkizish orqali
kuchlanish yo‘qligini isbotlash zarur.
Brigada a’zolariga ishlashga ijozat beruvchidan tashqari, ishboshi ham yo‘riqnoma
berishi kerak.
U ish bajarish texnologiyasi, asbob-uskuna, yuk ko‘tarish mashinasi va
mexanizmlardan foydalanish to‘g‘risida yo‘riqnoma berish bilan birgalikda, ishni
xavfsiz bajarish haqida ham yo‘riqnoma beradi.
Ish rahbari kerak bo‘lganda yo‘riqnomani to‘ldirishi mumkin.
Yo‘riqnoma bermasdan, brigadani ishlashiga ijozat berish man qilinadi.
Brigadaga yo‘riqnoma berish va ishlashiga ijozat berish, ishlashga ijozat beruvchi va
ishboshining imzosi bilan naryadning
3-jadvalida
kuni va vaqti ko‘rsatilib
rasmiylashtiriladi.
Ishlashga ijozat berishda o‘tkazilgan yo‘riqnomani, yo‘riqnoma o‘tkazish jurnalida
rasmiylashtirishni talab qilinmaydi. Ishlashga ijozat berish ikki nusxada naryadda
rasmiylashtiriladi. Naryadni bir nusxasi ishboshida, ikkinchisi esa navbatchi ѐki tezkor-
ta’mirlash xodimdan tayѐrlangan ishlashga ijozat beruvchida qoldiriladi.
Ishboshi, ishlashga ijozat beruvchi shaxs vazifasini o‘rindoshlik yo‘li bilan bajargan
taqdirda, ishlashga ijozat berish naryadning faqat bir nusxasida rasmiylashtiriladi.
Farmoyish bilan ishlashga ijozat berish tezkorlik jurnalida ѐki naryad va farmoyish
bilan bajarilgan ishlarni qayd qilish jurnalida rasmiylashtiriladi (
6-ilova
).