|
Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}Bog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978«Alohida
ko‘rsatmalar»
satrida ѐzma ravishda qayd qilingan bo‘lsa, ishlashga ijozat
beruvchining ruxsati bilan, ishboshi brigadani tayѐrlangan ish jo-yiga ishga qo‘yishi
mumkin.
Navbatchi ѐki tezkor-ta’mirlash xodimi ishga ijozat beruvchi tomonidan amalga
oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish, ikki nusxa naryadda rasmiylashtiriladi. Ish
rahbari ѐki ishboshi tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish, faqat
naryadning ishboshida bo‘lgan nusxasidagina rasmiylashtiriladi.
Kelgusi kun ishni boshlashidan oldin, ishboshi ish joyida qoldirilgan shior, to‘siq,
bayroqchalarning to‘laligi va butligiga, hamda erga ulagichlarni o‘z joyida mustahkam
turganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, brigadani ishlashiga ijozat beradi. Ish
to‘liq tugallanganidan so‘ng, ishboshi brigadani ish joyidan chiqarishi, brigada qo‘ygan
vaqtinchalik to‘siq, shiorlar, bayroqcha va erga ulagichlarni olib, elektr uskuna
joylashgan xona eshiklarini berkitib, qulflab va naryadda o‘z imzosi bilan ish tamom
bo‘lganini rasmiylashtirishi kerak.
Ish rahbari ish joyini tekshirib ish tamom bo‘lganini naryadda rasmiylashtiradi. Ishboshi
ish to‘liq tugatilganligini va yuqoridagi talablar bajarganligi to‘g‘risida ijozat
beruvchiga, u mabodo yo‘q bo‘lgan taqdirda, ish joyini tayѐrlashga va ishlashga ijozat
berishga ruxsat etgan shaxsga xabar berishi kerak.
Ish to‘liq tugatilganligini rasmiylashtirilgan naryadni, ishboshi uni ijozat beruvchi
shaxsga topshirishi ѐki u yo‘q bo‘lgan taqdirda maxsus ajratilgan joyda, masalan, o‘z
kuchini yo‘qotmagan naryadlar saqlanadigan jildga solib qoldirishi kerak. Ish to‘liq
tugatilganliginidan so‘ng, naryadni yuborish qiyinchilik tug‘dirsa, u holda ijozat
beruvchining, u yo‘q bo‘lgan taqdirda ish joyini tayѐrlashga va ishlashga ijozat
berishga ruxsat etgan shaxsning ruxsati bilan, ishboshi naryadni o‘zida qoldirishi
mumkin. Bunday holda, shuningdek ishboshi o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlashga ijozat
beruvchi shaxs vazifasini bajarsa, ishboshi ertangi kundan kechiktirmay naryadni
navbatchiga ѐki naryad beruvchi xodimga, uzoq bo‘limlarda esa, bo‘lim ma’muriy-
texnik xodimga topshirishi kerak.
Ishlashga ijozat beruvchi, ish to‘liq tugatilganligini rasmiylashtirilgan naryadni
olganidan so‘ng, ish joyini ko‘zdan kechirib chiqishi, hamda ish joyini tayѐrlashga va
ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga ish to‘liq tugatilganligi va elektr
uskunani ulash mumkinligi haqida xabar berishi kerak.
Sinov savollari:
1.Qanday ishlar qisqa muddatli va kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarga kiradi?
2.Ish joyini tayѐrlashga va ishlashga ijozat berishga kim ruxsat berish huquqiga ega?
3.Ish joyini tayѐrlash va tayѐrlash uchun qanday texnik tadbirlar qo‘llaniladi?
4.Ish bajarish ustidan
nazorat,
ish
jaraѐnida
tanaffus
va
5.ish tugashini rasmiylashtirish yo‘llarini tushuntirib bering.
6.Kommutatsion apparatlarning kalitlariga qanday xavfsizlik shiorlari osib qo‘yilishi
kerak?
7.Ish joyini kim tayѐrlashi mumkin?
|
| |