Nazoratsiz alohida ishlaѐttan brigada a’zolarini ishboshi ish joyiga olib borib, ularga
ish jaraѐnida amal qilinishi kerak bo‘lgan xavfsizlik choralari to‘g‘risida yo‘riqnoma
berishi kerak.
Bir nechta podstansiyalarda ѐki bir podstansiyani bir nechta qo‘shilmalarida bir turdagi
ishlarni ketma-ket bajarish uchun bitta naryad berishga ijozat etiladi. Bunday ishlarga
quyidagilar kiradi:
-
izolyatorlarni artish;
-
qisqichlardagi boltlarni tortib qo‘yish;
-
simlar va shinalar ulangan qismini tortib mahkamlash;
-
tekshirish uchun moy olish va etishmaganda quyish;
-
transformatordagi o‘ramlarning sonini ko‘paytirish va kamaytirish bilan
kuchlanishni o‘zgartirish;
-
releli himoya vositalari, avtomatika, o‘lchov asboblarini tekshirish;
-
begona energiya manbai ѐrdamida elektr uskunani yuqori kuchlanishda
sinash;
-
o‘lchov shtangasi ѐrdamida izolyatorlarni tekshirish;
-
kabel elektr tarmoqlarining shikastlangan joylarini aniqlash. Bunday
naryadlarning muddati 1 kun.
Har bir podstansiya va qo‘shilmada ishlashga ijozat berish naryadning
3- jadvalida
rasmiylashtiriladi. Ish ushbu naryad bo‘yicha to‘la tugatilganidan so‘ng, har bir
podstansiyada uskunani elektr tarmog‘iga ulab tushirishga ruxsat beriladi.
Farmoyish bir nechta elektr uskunalarda (qo‘shilmalarda) navbatma- navbat
bajariladigan ishlar uchun berilishi mumkin.