Taqsimlovchi elektr uskunalari ѐnida joylashgan havo va kabel elektr uzatish




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 


4.Taqsimlovchi elektr uskunalari ѐnida joylashgan havo va kabel elektr uzatish 
tarmoqlari, dispetcherlik va texnologik boshqaruvchi vositalariuchastkalarida 
ishlash. 
Taqsimlovchi elektr uskunalari ѐnida joylashgan havo elektr uzatish 
tarmoqlaridagi ish, havo elektr uzatish tarmoqlarida xizmat qiluvchi xodimlar 
tomonidan berilgan naryad asosida bajariladi. 
Navbatchisi bo‘lgan elektr uskunalari ѐnida joylashgan oxirgi tayanchda ish olib 
borilganda, navbatchi brigadaga yo‘riqnoma berib, ularni shu tayanchgacha kuzatib 
qo‘yish kerak. 
Navbatchisiz elektr uskunalari hududida joylashgan elektr tarmog‘ida ishboshi 
taqsimlovchi elektr uskunasining kalitini olib, o‘zi mustaqil tayanchga borib ish 
bajarishiga ruxsat beriladi. 
Ochiq taqsimlovchi elektr uskunalari va ѐpiq taqsimlovchi elektr uskunalari binosida 
ish bajarilganda, tarmoqda xizmat qiluvchi brigadani ishlashiga ijozat berish navbatchi 
ѐki tezkor-ta’mirlash xodimlaridan tayinlanadi. 
Ushbu taqsimlovchi elektr uskunalarida xizmat qiluvchi ishlashga ijozat beruvchi 
shaxs tomonidan naryadni rasmiylashtirib amalga oshiriladi. 
Taqsimlovchi elektr uskunalari joylashgan maydondan ishboshi o‘z brigada a’zolari 
bilan birga mustaqil chiqib ketishi mumkin, ammo ayrim brigada a’zolari texnika 
xavfsizligida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha chiqishlari kerak. 
Taqsimlovchi elektr uskunalarda joylashgan kabellarning oxirgi muftasida va 
kabellarning uchlari bir-biridan ajratilgan joylarda, hamda taqsimlovchi elektr 
uskunalar ѐnidan o‘tgan va kabel kanallariga ѐtqizilgan kabellarda bajariladigan ishlar 
ushbu kabel tarmog‘ida xizmat qiluvchi xodim beradigan naryad bo‘yicha bajarilishi 
zarur. 
Kabelning oxirgi muftasida va kabellarning uchlari bir-biridan ajratilgan joylarda 
ishlashga ijozatni taqsimlovchi elektr uskunalarida xizmat qiluvchi xodim beradi. 
Taqsimlovchi elektr uskunalari ѐnidan o‘tgan va kabel kanallariga ѐtqizilgan kabellarda 
ishlashga ijozatni ushbu taqsimlovchi uskunada xizmat qiluvchi navbatchi ѐki tezkor-
ta’mirlovchi xodimning roziligini olib kabel elektr tarmoqlarida xizmat qiluvchi xodim 
beradi. 
Kabellarning uchlari bir-biridan ajratilgan joylarda ushbu taqsimlovchi elektr 
uskunalarida xizmat qiluvchi xodim beradigan naryad bo‘yicha, kabel tarmog‘ida 
xizmat qiluvchi xodimning xizmat safaridagi xodim sifatida ishlashiga ijozat beriladi. 
Taqsimlovchi elektr uskunalari ѐnida o‘rnatilgan aloqa uskunalaridagi ishlar 
dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari xizmati xodimlari tomonidan 
beriladigan naryad bo‘yicha olib borilishi zarur. 
Ushbu uskunalarda brigadani ishlashiga ijozat berishni taqsimlovchi elektr 
uskunalariga xizmat qiluvchi xodim bajaradi. Ushbu uskunalaridagi ishlarni 
taqsimlovchi elektr uskunalariga xizmat qiluvchi xodim bergan naryadi bilan, 
dispetcherlik va texnologik boshqaruv vositalari xodimlari bajarilishlari mumkin. 
Sinov savollari. 

1.Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida ish 
bajarishda ish rahbarini tayinlash. 

2.Podstansiyalar va qo‘shilmalarda bitta naryad bilan bir nechta ish 
joylarida ish bajarish tartibi qanday? 
3.Elektrstansiya va podstansiyalarning elektr uskunalari, hamda kabel elektr 
tarmoqlarida farmoyish bo‘yicha ish bajarish tartibi. 


 
4.Taqsimlovchi elektr uskunalari hududida joylashgan havo va kabel 
elektr uzatish tarmoqlari, dispetcherlik va texnologik boshqaruvchi vositalari 
uchastkalarida ishlash yo‘llarini izohlang. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Taqsimlovchi elektr uskunalari ѐnida joylashgan havo va kabel elektr uzatish

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish