|
Elektr dastgohlarining metall korpuslari erga tegib turgan holda elektrBog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978
Elektr dastgohlarining metall korpuslari erga tegib turgan holda elektr
tokiga tegib turishi
Elektr qurilmalarning tarmoq simlari korpusga, korpus erga tegishi hisobiga
ularning erga tok o‘tkazishi kuzatilib, bular ishlovchi uchun xavfli hisoblanadi. CHunki
erga tegish nuqtasidan qandaydir qadam kuchlanish oraliq masofasiga xavf tug‘iladi.
SHuning uchun ham har bir ishchi xodim elektr tokidan shikastlangan va boshqa
baxtsiz hodisaga uchraganlarga birinchi yordam berish va ularni tokdan qutqarish
yo‘llarini bilishi talab etiladi. Kuchlanish bo‘lganda tok o‘tkazuvchi qismgacha
yaqinlashish xavfli, tok o‘tish yo‘lining inson organizmiga ta’siri kuzatiladi. Tajriba va
amaliyotda aniqlangan tok urishi jarayonida odamlarning qanday xolatda bulishiga
bog‘liq. Agar tok yo‘lida hayot uchun muhim bo‘lgan organlar - yurak, o‘pka, bosh miya
kabi a’zolar bo‘lsa, jarohat xavfi juda katta bo‘ladi, chunki tok aynan shu organlarga
ta’sir etadi. Agar tok boshqa yo‘llardan oqib o‘tsa, uning hayot uchun muhim bo‘lgan
organlarga ta’siri bevosita emas, balki, reflektorli bo‘ladi. Bunda jarohatning og‘irlik
xavfi saqlanib qoladi, lekin uning ehtimoli keskin tushadi. Bundan tashqari
jarohatlanuvchining tanasiga tok yo‘li tok qismlarining (elektrodlarningg) joylashuviga
qarab aniqlanar ekan, uning dastlabki jarohatga ta’siri tananing har xil qismlarida
qarshilik turlicha bo‘lganligi sababli paydo bo‘ladi. Tok yo‘lining jarohatga ta’siri Odam
tanasidagi tokning tavsifiy yo‘llari (tok xalqalari)ga bog‘liq bo‘ladi:
1)
Qo‘l - qo‘l; 2) O‘ng qo‘l - oyoqlar; 3) CHap qo‘l - oyoqlar; 4) Ung qo‘l -o‘ng oyoq; 5)
O‘ng qo‘l - chap oyoq; 6) CHap qo‘l-chap oyoq; 7) CHap qo‘l - o‘ng oyoq; 8) Ikki qo‘l -
ikki oyoq; 9) Oyoq - oyoq; 10) Bosh - qo‘llar; 11) Bosh - oyoqlar; 12) Bosh -o‘ng qo‘l;
13) Bosh - chap qo‘l; 14) Bosh o‘ng oyoq; 15) Bosh - chap oyoq.
5-rasm.
|
| |