Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/199
Sana15.05.2024
Hajmi6,08 Mb.
#236514
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   199
Bog'liq
cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

 
 
 
 
4-rasm. Universal ko‘chma shtanga SHOU-110 
 
Ko‘chma erga ulagichlar 
2.1.81. Ko‘chma erga ulagichlar odamlarni o‘chirilgan tok o‘tkazuvchi qismlarda 
ishlayotganda xatolik bilan berilgan yoki tashqi elektr kuchlanish ta’sirida paydo bo‘lgan 
kuchlanishdan himoya qilish uchun ishlatiladi. 
2.1.82. Ko‘chma erga ulagichlar erga ulovchi simlarga ulash uchun xizmat 
qiluvchi qisqich (qisma)dan, erga ulovchi va uskunaning barcha fazalari tok o‘tkazuvchi 
qismlarini o‘zaro tutashtiruvchi simdan hamda erga ulashga yoki erga ulangan 


konstruksiyaga ulashga mo‘ljallangan uchlik yoki strubsinadan tashkil topgan. Har bir 
fazaga alohida ko‘chma erga ulagichni qo‘llashga ruxsat beriladi. 
2.1.83. Ko‘chma erga ulagichlar quyidagi talablarni qondirishi shart: 
1) Ular yalang‘och egiluvchan ko‘p tolali mis simdan tayyorlanishi va kesimi bir 
fazali yoki fazalararo qisqa tutashuv jarayonida termik bardoshlik talablarini qoniqtirishi 
kerak, lekin kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalari uchun 25 mm
2
dan, 
kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalari uchun esa 16 mm
2
dan kam 
bo‘lmasligi zarur. Mis simlar kesimini termik bardoshligi bo‘yicha tanlab olishda 
boshlang‘ich haroratni 30° S, yakuniy haroratni 850° S qabul qilishga ijozat beriladi. 
Ko‘chma himoya erga ulagachlarni qisqa tutashuv tokidan qizishini hisoblashda quyidagi 
sodda formuladan foydalanish tavsiya qilinadi: 
Bunda: S
min
— simning minimal ko‘ndalang kesimi; I
ust
qisqa tutashuv 
tokining eng yuqori miqdori, t
f
— fiktiv vaqt. 
Amaliyotda t
f
uchun ushbu elektr uskunasini asosiy releli himoyasining eng katta 
o‘rnatilgan ishlash vaqti olinishi kerak. Qisqa tutashuv tokining qiymati yuqori bo‘lgan 
holda bitta erga ulashning termik mustahkamligi etarli bo‘lmasa, bir nechta parallel erga 
ulash o‘rnatishga ruxsat beriladi. 
2) Bir-biri bilan tutashtiruvchi simlarni shinalarga ulovchi qisqich (qisma)ning 
konstruksiyasi shunday bo‘lishi kerakki, ko‘chma erga ulagich qisqa tutashuv toki 
o‘tganda dinamik kuch ta’sirida o‘rnatilgan joyidan chiqib ketmasligi kerak. Qisqich 
(qisma)lar erga ulagichlarni tok o‘tkazuvchi qismlarga shtanga yordamida o‘rnatish va 
olishga mo‘ljallangan moslama bilan jihozlangan bo‘lishi zarur. Egiluvchan mis sim 
qisqich (qisma)ga bevosita yoki mustahkam presslangan mis uchlik yordamida ulangan 
bo‘lishi zarur. Sim ulangan joylaridan sinmasligi uchun uni egiluvchan po‘lat simli 
prujina shaklidagi qobiqqa joylashtirish tavsiya qilinadi. Egiluvchan mis sim tolalarini 
mexanik shikastlanishlardan saqlash maqsadida simni aniq ko‘rinadigan qobiqqa solib 
qo‘yish ham tavsiya qilinadi. 
3) Simdagi erga ulash uchun mo‘ljallangan uchlik, strubsina ko‘rinishida yoki 
erga ulangan konstruksiya yoxud erga ulagich simiga mahkamlanuvchi qisqich 
konstruksiyasiga (barashkasiga) mos holda bajarilishi zarur. 
4) Ko‘chma erga ulagich elementlarining kontakt yuzalari qalaylab 
oqartirilgandan so‘ng presslash, payvandlash yoki bolt bilan mustahkam va qattiq 
ulanishi shart. Buning uchun kavsharlash man qilinadi. 
2.1.84. Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini erga ulash uchun ishlatiladigan 
ko‘chma erga ulagich uskunalarini metall ustunlar konstruksiyasiga, yog‘och ustunlarni 
erga ulash qurilmasiga yoki maxsus vaqtinchalik erga ulagichga ulashga ruxsat etiladi. 
2.1.85. Sinash sxemalarida ishlatiladigan ko‘chma erga ulagich simining 
ko‘ndalang kesimi kamida 4 mm
2
, elektr uzatish tarmoqlaridagi ustundan 
izolyasiyalangan yashin qaytargich troslari hamda ko‘chma uskunalarni (laboratoriya va 
h. k) erga ulashda esa mexanik mustahkamligiga qarab kamida 10 mm
2
bo‘lishi shart. 
2.1.86. Har bir ko‘chma erga ulagichda uning raqami va erga ulovchi simlarning 
ko‘ndalang kesimi ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bu ma’lumotlar erga ulagichga 
mahkamlangan birkaga yoki strubsinaga (uchlikka) o‘yib yozilgan bo‘lishi lozim. 
2.1.87. Har bir ko‘chma erga ulagich har 3 oyda bir marta hamda ishlatishdan 
oldin va qisqa tutashuv toki ta’sirida bo‘lgan hollarda ko‘zdan kechirilishi shart. 
Simlarning ulangan kontaktlari emirilganda, mexanik mustahkamligi pasayganda, ular 


erib tushganda, 5 foizdan ko‘p sim tolalari uzilganda va shunga o‘xshash holatlarda 
ko‘chma erga ulagichlar ishlatishdan olib tashlanishi kerak. 

Download 6,08 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   199




Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Px;font-family: Times New Roman,Bold;color:#000000;}

Download 6,08 Mb.
Pdf ko'rish