• -Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish
  • Ish jarayonida tanaffus va ish tugashini rasmiylashtirish
  • -Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    -Brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirish
    . Elektrstansiya va podstansiyalarning 
    1000 V kuchlanishdan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida, brigadani boshqa ish joyiga 
    ko‘chirishni ishlashga ijozat beruvchi shaxs bajaradi. Agar naryad beruvchi naryadning 
    «Alohida ko‘rsatmalar» satrida yozma ravishda ish rahbari yoki ishboshiga topshiriq 
    bergan bo‘lsa, brigadani boshqa ish joyiga ko‘chirishni ish rahbari yoki ishboshi ham 
    amalga oshirishi mumkin. Bitta havo elektr uzatish tarmog‘i, havo aloqa va kabel elektr 
    uzatish tarmoqlarini, hamda elektrstansiya va podstansiyalarni 1000 V kuchlanishgacha 
    bo‘lgan elektr uskunalarining har xil ish joylarida, brigadani boshqa ish joyiga 
    ko‘chirishni ishboshi naryadda rasmiylashtirmasdan amalga oshiradi. Brigadani boshqa 
    ish joyiga ko‘chirish naryadning 3-jadvalida rasmiylashtiriladi. Ishlashga ijozat beruvchi 
    navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimidan tashkil topgan brigadani ko‘chirish, 
    naryadning har ikkala nusxasida rasmiylashtiradi. Elektrstansiya va podstansiyalarning 
    elektr uskunalaridan kuchlanishni olmay bajariladigan ishlarda naryad faqat brigadani bir 
    taqsimlovchi uskunadan boshqa taqsimlovchi uskunaga ko‘chirishda rasmiylashtiriladi. 
    Farmoyish bilan ish bajarilayotganda, barcha elektr uskunalardan brigadani boshqa ish 
    joyiga ko‘chirish rasmiylashtirishni talab qilinmaydi.
    -
    Ish jarayonida tanaffus va ish tugashini rasmiylashtirish
    . Ish kuni 
    mobaynidagi tanaffus vaqtida (ovqatlanish uchun, ish sharoiti tufayli) brigada ish joyidan 
    chiqarilishi, hamda taqsimlovchi elektr uskuna joylashgan xona eshigi qulflab qo‘yilishi 
    zarur. Naryad ishboshida qoladi. Brigada a’zolari tanaffusdan so‘ng, ishboshisiz ish 
    joyiga qaytishga haqli emas. Tanaffusdan so‘ng naryadni rasmiylashtirmasdan ishboshi 
    (nazorat qiluvchi) brigadani ishga qo‘yadi. Ish kuni tugaganidan so‘ng ishda tanaffus 
    bo‘lsa, brigada ish joyidan chetlashtirilishi kerak. SHiorlar, to‘siq, bayroqcha va erga 
    ulagichlar olinmaydi. Ishboshi naryadni ishlashga ijozat bergan xodimga berishi, u yo‘q 
    bo‘lgan taqdirda esa, bu naryadni maxsus ajratilgan joyga, masalan, o‘z kuchini 
    yo‘qotmagan naryadlar jildiga solib qoldirilishi kerak. Mahalliy navbatchisiz elektr 
    uskunada esa, ishboshi ish kuni tugaganidan so‘ng, naryadni o‘zida olib qolishiga ruxsat 
    beriladi. Ishboshi ish tugashini naryadning o‘zidagi nusxasida qo‘l qo‘yib 
    rasmiylashtiradi. Kelgusi kunlarda tayyorlangan ish joyiga, brigadani qayta ishga 
    qo‘yish, ishlashga ijozat beruvchi yoki uning ruxsati bilan ish rahbari tomonidan amalga 
    oshiriladi. Buning uchun yuqori tezkor xodimning ijozatini olish talab qilinmaydi. Agar 
    naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satrida yozma ravishda qayd qilingan bo‘lsa, 
    ishlashga ijozat beruvchining ruxsati bilan, ishboshi brigadani tayyorlangan ish jo-yiga 
    ishga qo‘yishi mumkin. Navbatchi yoki tezkor-ta’mirlash xodimi ishga ijozat beruvchi 
    tomonidan amalga oshiriladigan brigadani ishga qo‘yish, ikki nusxa naryadda 
    rasmiylashtiriladi. Ish rahbari yoki ishboshi tomonidan amalga oshiriladigan brigadani 
    ishga qo‘yish, faqat naryadning ishboshida bo‘lgan nusxasidagina rasmiylashtiriladi. 
    Kelgusi kun ishni boshlashidan oldin, ishboshi ish joyida qoldirilgan shior, to‘siq, 
    bayroqchalarning to‘laligi va butligiga, hamda erga ulagichlarni o‘z joyida mustahkam 
    turganligiga ishonch hosil qilganidan so‘ng, brigadani ishlashiga ijozat beradi. Ish to‘liq 


    tugallanganidan so‘ng, ishboshi brigadani ish joyidan chiqarishi, brigada qo‘ygan 
    vaqtinchalik to‘siq, shiorlar, bayroqcha va erga ulagichlarni olib, elektr uskuna 
    joylashgan xona eshiklarini berkitib, qulflab va naryadda o‘z imzosi bilan ish tamom 
    bo‘lganini rasmiylashtirishi kerak. Ish rahbari ish joyini tekshirib ish tamom bo‘lganini 
    naryadda rasmiylashtiradi. Ishboshi ish to‘liq tugatilganligini va yuqoridagi talablar 
    bajarganligi to‘g‘risida ijozat beruvchiga, u mabodo yo‘q bo‘lgan taqdirda, ish joyini 
    tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga xabar berishi kerak. Ish 
    to‘liq tugatilganligini rasmiylashtirilgan naryadni, ishboshi uni ijozat beruvchi shaxsga 
    topshirishi yoki u yo‘q bo‘lgan taqdirda maxsus ajratilgan joyda, masalan, o‘z kuchini 
    yo‘qotmagan naryadlar saqlanadigan jildga solib qoldirishi kerak. Ish to‘liq 
    tugatilganliginidan so‘ng, naryadni yuborish qiyinchilik tug‘dirsa, u holda ijozat 
    beruvchining, u yo‘q bo‘lgan taqdirda ish joyini tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga 
    ruxsat etgan shaxsning ruxsati bilan, ishboshi naryadni o‘zida qoldirishi mumkin. Bunday 
    holda, shuningdek ishboshi o‘rindoshlik yo‘li bilan ishlashga ijozat beruvchi shaxs 
    vazifasini bajarsa, ishboshi ertangi kundan kechiktirmay naryadni navbatchiga yoki 
    naryad beruvchi xodimga, uzoq bo‘limlarda esa, bo‘lim ma’muriytexnik xodimga 
    topshirishi kerak. Ishlashga ijozat beruvchi, ish to‘liq tugatilganligini rasmiylashtirilgan 
    naryadni olganidan so‘ng, ish joyini ko‘zdan kechirib chiqishi, hamda ish joyini 
    tayyorlashga va ishlashga ijozat berishga ruxsat etgan shaxsga ish to‘liq tugatilganligi va 
    elektr uskunani ulash mumkinligi haqida xabar berishi kerak.

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish