qulflamagan holda tashlab ketish man qilinadi. Ishga qaytgan brigada a’zolari faqat
ishboshining ruxsati bilan ishga tushishlari mumkin. Agar elektr uskuna joylashgan
xonani qulflashni iloji bo‘lmasa, ishboshi qaytguniga qadar brigada a’zolari
ish joyini
tashlab ketishga haqlari yo‘q. Amaldagi talablarni buzish hollari aniqlanganda yoki
ishlayotgan ishchilar hayotiga xavf tug‘diruvchi holat sezilganda, darhol brigada ish
joyidan chiqarilishi va ishboshidan naryad olib qo‘yilishi kerak. Aniqlangan kamchiliklar
bartaraf qilingandan so‘ng, birinchi bor ishga ijozat berish qoidasi
talablarini bajargan
holda, yangidan ishga qo‘yish mumkin.