-elektr qurilmalari uchun ishlatiladigan tarmoqdagi elektr toki uzatgich simlaridan
bittasi shu nol tarmoq bo‘lib, buni montaj qilishdan oldin tekshiruvdan o‘tkazib olinadi.
Buning uchun dastlab elektr indikatoridan foydalaniladi. Bunda tok mavjud yoki yo‘qligi
tekshirib olinadi.
14-rasm: Elektr indikatorlari: A) Otvyortka(ochar) turidagi indikator – 1-
cho‘g‘lanma tolali lampochka indikator; 2-dasta; 3-otvyortka; 4-ko‘rsatkich barmoqni
tekkiziladigan metall qism.
Har qanday elektr qurilmalarning nol simga ulanishi
ularning texnik pasportida
ko‘rsatilgan tartibda amalga oshiriladi. Buning uchun tarmoqdan kelgan nol sim
aniqlanadi. Bu otvyortka indikator, cho‘g‘lanma tolali indikator
va galvanik ampermetr
va voltmetrlar ketma-ketligida amalga oshiriladi (rasm).
15-rasm: Elektr tokini aniqlovchi galvanometrik asboblar: A)- voltmetr VM-D721
(VM –voltmetr, D- raqamli, 10 000 V gacha aniqlaydi); B) –ampermetr AM- D250 (AM-
ampermetr, V- raqamli, 250 ampergacha aniqlaydi)
Neytral simni aniqlash: 1- otvertka indikatorda aniqlanadi. Bunda minus tarmoq
ham indikatorda ko‘rinmaydi. SHuning uchun 2-o‘rinda lampochkali indikatorda
tekshiriladi. Neytral sim va musbat zaryadli tarmoq simida lampochka yonmaydi. 3-
bo‘lib voltmetr va ampermetrlarda o‘lchanadi.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan eletr dastgohlarda erlantirishning o‘zi
etarli
bo‘lmaydi. Bunda faza kuchlanishi qobiqqa o‘tib ketishi holatidan sxemalar xavfsizligini
ta’minlab bera olmaydi. SHu holatda erga ulagich qurilmalari orqali yoyilib o‘tayotgan er
bilan tutashuv toki quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu erda:
- faza nol o‘tkazuvchi kuchlanish, V;
- erga ulagich qarshiligi, Om;
- faza-nol o‘tkazuvchi qarshiligi, Om.
Demak, shulardan kelib chiqib, dastgoh va qurilmalar ham erga ulash va shuning
o‘zida nollashni amalga oshirish orqali xavfsizlik to‘la ta’minlanadi.