|
To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilariBog'liq cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978To‘siq qurilmalari. Xavfsizlik plakatlari va belgilari
. To‘siq qurilmalari,
ishchilarning bexosdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlarga xavfli
masofagacha yaqinlashishdan saqlash, hamda taqsimlovchi uskunalar uchastkalariga
kirish yo‘llarini to‘sish uchun qo‘llaniladi. To‘siq qurilmalariga shchitlar kiradi. SHitlar
alif shimdirilgan va rangsiz lak surtilgan quruq taxtadan yoki tiniq elektrizolyasiyalovchi
materialdan tayyorlanishi lozim. Ularga xavfsizlik texnikasi plakatlari mahkamlanishi
yoki "Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari" ga muvofiq yozuvlar
yozib qo‘yilishi lozim. SHchitning tuzilishi mahkam, qulay, qiyshayishi va ag‘anashiga
imkon bermaydigan choralar ko‘rilgan, og‘irligi esa, bir kishi ko‘tarib o‘rnatadigan
bo‘lishi kerak. SHchit balandligi kamida 1,7 m, pol bilan pastki qismi oralig‘i ko‘pi bilan
10 sm bo‘lishi shart. SHchitlar shunday o‘rnatilishi kerakki, ular xavf paydo bo‘lganda
xodimlarning xonadan chiqib ketishiga xalaqit bermasligi zarur.
SHchitlarning kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi qismlariga tegib turishiga
ruxsat berilmaydi. Ish joyini to‘suvchi shchitdan kuchlanish ostidagi tok o‘tkazuvchi
qismlarigacha bo‘lgan masofa, avvalgi jadvalda qayd etilgan masofaga mos kelishi shart.
To‘siqlarni mustahkam o‘rnatish yoki mahkamlash uchun mo‘ljallangan shchitlarni
ishlatishdan oldin, ularning ulangan qismlari mustahkamligini, barqarorligini va
detallarning chidamliligini tekshirish lozim. Xavfsizlik plakatlari va belgilari (bundan
keyin plakatlar va belgilar), xatolik bilan ish joyiga kuchlanish berish mumkin bo‘lgan
kommutatsion apparatlar harakatini ta’qiqlash, kuchlanish ostida bo‘lgan tok o‘tkazuvchi
qismlarga yaqinlashish xavfli ekanligini ogohlantirish, mehnat xavfsizligining muayyan
talablari bajarilganidan so‘ng, ma’lum harakatlarni amalga oshirishga ruxsat berish, turli
ob’ektlar, qurilmalar va ularning joylashgan o‘mini ko‘rsatish uchun qo‘llanilishi zarur.
Plakatlar va belgilar ogohlantiruvchi, ta’qiqlovchi, ko‘rsatmali va ko‘rsatuvchi
guruhlarga bo‘linadi. Plakat va belgilar qo‘llash xarakteriga qarab muntazam(statsionar),
hamda ko‘chma bo‘lishi mumkin. Muntazam plakat va belgilarni elektrizolyasiyalovchi
materiallardan (tekstolit, getinaks, polistirol va h.k.) tayyorlash tavsiya qilinadi, beton va
metall yuzalariga (havo elektr uzatish tarmog‘i ustunlari, kamera eshiklari va h.k.) esa,
trafaretlar yordamida bo‘yoqlar bilan tushiriladi. Metall plakat va belgilar o‘rnatishga
ham ijozat beriladi. Ko‘chma plakatlar elektrizolyasiyalovchi materiallardan (plastmassa,
karton) tayyorlanishi lozim. Ochiq elektr uskunalarida metalldan tayyorlangan ko‘chma
plakat va belgilarni qo‘llashga ijozat beriladi. Xavfsizlik plakatlari va belgilarining
ro‘yxati, o‘lchami, shakli, ishlatish joyi, hamda sharti oldindan ma’lum bo‘lishi kerak.
|
| |