• Dielektrik himoya vositalari Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
  • Dielektrik himoya vositalari Rezinali dielektrik qo‘lqoplar




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/199
    Sana15.05.2024
    Hajmi6,08 Mb.
    #236514
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   199
    Bog'liq
    cd883c79-a213-43a7-8439-ed35aa505978

    Dielektrik himoya vositalari Rezinali dielektrik qo‘lqoplar
    Elektr uskunalarida ishlash mobaynida texnik shartlar talabi bilan 105 
    tayyorlangan maxsus dielektrik qo‘lqoplardan foydalanishga ruxsat etiladi. Kuchlanishi 
    1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarida dielektrik qo‘lqoplar asosiy himoya vositasi 
    sifatida, 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarida esa, qo‘shimcha himoya vositasi 
    sifatida ishlatiladi. Qo‘lqopning uzunligi 350 mm dan kam bo‘lmasligi lozim. Ish 
    jarayonida dielektrik qo‘lqopni shimarib qo‘yish man etiladi. Qo‘lqopni eng ustidan 
    kiyish zarur. Foydalanilgan qo‘lqoplar (mahalliy sharoit bo‘yicha) sovunli yoki sodali 
    suyuqlik bilan davriy tozalash (dizenfeksiya) dan o‘tkazib turilishi lozim. Sovuq ob-havo 
    sharoitlarida binodan tashqarisida dielektrik qo‘lqoplar ishlatilganda, yupqa jun yoki ip-
    gazlama qo‘lqop ustidan kiyishga ruxsat etiladi. Rezinali dielektrik qo‘lqoplar Dielektrik 
    etik va kalishlar. Dielektrik etik va kalishlar yopiq joylarda, hamda yog‘ingarchilik 
    bo‘lmaganda ochiq joyda joylashgan elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi 
    sifatida ishlatiladi. Dielektrik etik va kalishlar, ishlayotganlarni qadamlar orasidagi 
    kuchlanishdan saqlaydi. Elektr uskunalarida, faqat «Elektr uskunalarini ishlatishda 
    xavfsizlik texnikasi qoidalari» talablariga asosan tayyorlangan dielektrik etik va 
    kalishlarni ishlatishga ruxsat etiladi. Dielektrik etik va kalishlar tashqi ko‘rinishiga 
    (rangi, maxsus belgi yoki laklanmaganligiga) qarab boshqa maqsadlar uchun 
    mo‘ljallangan etik, hamda kalishlardan farq qilishi zarur. Elektr uskunalari, har xil 
    o‘lchamli dielektrik oyoq kiyimlari bilan jihozlanishi lozim. Dielektrik etik va kalishlar 
    Dielektrik rezinali gilamlar va izolyasiyalovchi tagliklar. Dielektrik rezinali gilamlar (36-
    rasm), o‘ta zax xonalardan tashqari, boshqa barcha yopiq joylarda joylashgan 1000 V 


    gacha va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘shimcha himoya vositasi 
    sifatida ishlatiladi. 106 36-rasm. Dielektrik rezinali gilamdar Gilamlarning vazifasi va 
    ishlatish sharoitiga qarab, «Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari» 
    talablariga asosan quyidagi 2 guruhda tayyorlanishi zarur: - 1-guruh, oddiy tayyorlangani 
    -15°S dan +40°S gacha haroratda ishlatish uchun; - 2-guruh, moy va benzinga chidamli -
    50°S dan +80°S gacha haroratda ishlatish uchun. Gilamni ishlatishda, uning pasport 
    ma’lumotiga ahamiyat berish lozim. Ko‘zga tashlanadigan, mexanik ravishda yirtilgan 
    joylari bo‘lsa, uni, albatta chiqitga chiqarish zarur. Zax va tez ifloslanuvchi xonalarda 
    izolyasiyalovchi tagliklarni qo‘llash zarur. Izolyasion taglik balandligi 70 mm dan kam 
    bo‘lmagan izolyatorlarga o‘rnatilgan to‘shamadan tashkil topgan. Tagliklar uchun 
    maxsus ishlab chiqarilgan, SN-6 turdagi izolyatorlarni ishlatish tavsiya qilinadi. 
    To‘shama o‘lchami 50x50 sm bo‘lgan, qalinligi 30 mm dan kam bo‘lmagan quruq, 
    ko‘zsiz, buralmagan yog‘och taxtachalardan yasalishi zarur. Qirqilgan taxtachalar oralig‘i 
    3 sm dan oshib ketmasligi lozim. YAxlit to‘shamalarni ishlatish tavsiya qilinmaydi, 
    chunki ular izolyatorlarda tasodifiy shuntlanishni yo‘qligini tekshirishni qiyinlashtiradi. 
    To‘shama hamma tomonidan bo‘yalgan bo‘lishi lozim. Izolyasiyalovchi tagliklar 
    mustahkam va barqaror bo‘lishi zarur. Olib qo‘yiladigan izolyatorlar ishlatilganda, 
    tushamani izolyator bilan ulanganda, uning sirg‘anib ketishini bartaraf etish kerak. Taglik 
    ag‘darilib ketmasligi uchun to‘shama chetlari izolyatoming tayanch yuzasidan tashqariga 
    turtib chiqmasligi zarur.

    Download 6,08 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   199




    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dielektrik himoya vositalari Rezinali dielektrik qo‘lqoplar

    Download 6,08 Mb.
    Pdf ko'rish